Contentum
Amerikadagi eng zo‘r ish joylari qaysilar va ularning siri nimada? 📃 Buni bilish uchun Forbes har yili yuz minglab ishchilardan so‘rovnoma oladi. Ulardan oylik maosh, ish sharoiti va o‘sish imkoniyatlari qandayligi so‘raladi. 2026-yilgi reytingda yirik kompaniyalar orasida Trader Joe’s, Google, Microsoft va Nvidia yetakchi bo‘ldi. O‘rtacha kattalikdagi kompaniyalar ichida esa Toll Brothers va Patagonia oldinga chiqdi. Birinchi o‘rinda — Trader Joe’s ya’ni oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘i bo‘lgan bu kompaniya roppa-rosa 100 ball to‘plab, 1-o‘rinni oldi. Bu yerda ishchilar o‘z ishidan juda mamnun. Ular nima uchun bunchalik xursand? — Kompaniya har yili maoshni o‘rtacha 7 foizga oshiradi. — Xodimlarga tibbiy sug‘urta va nafaqa beradi. — Ishchilarning o‘sishi uchun qayg‘uradi. Eng qizig‘i, ular do‘konlarda avtomat kassalardan (self-checkout) mutlaqo foydalanmaydi. Barcha ishni faqat insonlar qiladi. Undan keyingi o‘rinlarni St. Jude kasalxonasi, Google va Microsoft egalladi. Nvidia bu yil 7-o‘ringa tushib qoldi. O‘tgan 2025-yilda u 4-o‘rinda edi. Sharhlarga qarasak, xodimlarning 90 foizi bu kompaniyani do‘stlariga tavsiya qilgan. Kompaniyaning ichki madaniyati va qadriyatlari juda yuqori baholangan. Lekin ish va shaxsiy hayot balansi biroz past — ya’ni xodimlar ko‘p ishlashga to‘g‘ri keladi. 🔼 Top-20 talikka kirsak, texnologiya sohasidan 7 ta kompaniya bor. Undan keyingi o‘rinda 5 ta kompaniya bilan tibbiyot sohasi turibdi. O‘rtacha kompaniyalardagi sharoitlarda Toll Brothers nomli kompaniya xodimlari rahbariyat juda halol ishlashini aytishgan. Ikkinchi o‘rinda esa Patagonia turibdi. Bu yerda ishchilar deyarli ishdan bo‘shamaydi. Kompaniya xodimlarga 15 xil ish grafigini tanlash imkonini beradi. Eng zo‘r tarafi shundaki, ish joyining o‘zida bolalar bog‘chasi bor va kompaniya xodimlarning o‘qish xarajatlarini ham to‘lab beradi. 🎵 Keyingi o‘rinlarda moliya firmalari bor. Mashhur musiqa platformasi Spotify esa 8-o‘rinni olgan Siz o‘z ish joyingizni 100 baldan nechi bilan baholar edingiz va buning sabablari nima? @teacherazam