Contentum
Amerikadagi savdo markazlariga yana jon kiryapti. Iqtisodchilar buni umuman kutmagan edi. Sababi — Z avlodi (hozirgi yoshlar) yana oddiy do‘konlarga qaytmoqda. 👗 Ma’lumotlarga qarasak, yoshlar xarid qilish bo‘yicha hammadan o‘tib ketdi. 2030-yilga borib, ular do‘konlarda yiliga 12 milliard dollar pul sarflashi kutilmoqda. Eng qizig‘i, yoshlar pulni onlayn emas, yuzma-yuz — haqiqiy do‘konlarda sarflashni yoqtiradi. O‘tgan yili 18-24 yoshlilar o‘z xaridlarining 62 foizini oddiy do‘konlardan qilgan. Katta yoshlilar esa onlaynga ko‘proq o‘rganib qolgan (ularda bu ko‘rsatkich 52 foiz). Nega bunday? 24 yoshli Savera shunday deydi: “Men internetdan narsa sotib olishni yoqtirmayman. Menga hamma narsa hoziroq, shu zaxoti kerak. Kutib turolmayman!” Shu sababli, unga bayram uchun ko‘ylak kerak bo‘lganda, Amazon’ga kirmagan. To‘g‘ri borib do‘konlarni aylangan. Aslida, AQShda kiyim do‘konlarining ahvoli juda chatoq edi. 1986-yilda u yerda 25 000 ta savdo markazi bo‘lgan. Hozir esa bor-yo‘g‘i 1200 ta qolgan! Ya’ni 40 yil ichida 95 foiz do‘konlar yopilib ketgan. Pandemiya bu jarayonni yanada tezlashtirib yuborgandi. Katta brendlar bankrot bo‘lib, do‘konlar huvillab qoldi. 👦 Lekin pandemiya yoshlarga teskari ta’sir qildi. Ular uyda o‘tirib, TikTok va Instagram’ni titkilashdan zerikishdi. Real hayotga, odamlar orasiga chiqishni xohlab qolishdi. 14 yoshli Pranvi aytganidek: “Hatto hech narsa sotib olmasam ham, uydan chiqib, do‘konlarni aylanib yurishning o‘zi mazza!” Do‘konlar yoshlarga qanday moslashyapti? Yoshlar kiyim do‘konlariga borgani bilan, kiyim tanlashda baribir mashhur blogerlarga (inflyuenserlarga) taqlid qiladi. Buni tushungan savdo markazlari o‘z ichini selfi tushishga qulay qilib bezatmoqda. Shuningdek, Coach kabi mashhur brendlar yoshlar hisobiga savdosini ancha oshirib oldi. Lekin yoshlar oddiy xodimlar bilan gaplashishni uncha xushlamaydi. Ular do‘stlari yoki blogerlarga ishonadi. 🤳 Shuning uchun, do‘konlar o‘z sotuvchilariga planshet berib qo‘ygan. Xaridor kelsa, sotuvchi unga planshetda o‘sha kiyimni qaysi mashhur bloger qanday kiyganini ko‘rsatadi. Bu usul zo‘r ishladi! Natijada, bir paytlar yopilib ketish arafasida bo‘lgan do‘konlar endi yoshlar tufayli 18 yil ichida birinchi marta yangi filiallar ochishni boshlayapti. Manba @teacherazam