TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3410

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,000Numerus visionum
EditumMar 2703/27/2026, 02:02 PM
Contentum scripti

Contentum

Xitoy qanday qilib bunchalik tez qarib qoldi? 🇬🇧 Tasavvur qiling, 1965-yilda Buyuk Britaniya aholisining o‘rtacha yoshi 34 da edi. O‘sha paytda Xitoy haqiqiy yoshlar mamlakati bo‘lib, aholining o‘rtacha yoshi atigi 18 ni tashkil qilgan. Inglizlar xitoyliklardan qariyb ikki baravar “qariroq” edi. 🇨🇳 Lekin bugunga kelib bu katta farq butunlay yo‘qoldi. Hozirgi kunda har ikkala davlat aholisining o‘rtacha yoshi bir xil — 40 yosh! To‘g‘ri, hamma davlatlar qariyapti, biroq Xitoy xuddi vaqtni tezlashtirib yuborgandek, juda qisqa muddatda tez qarib qoldi. Xo‘sh, nima uchun bunday bo‘ldi? Buning tarixiy va iqtisodiy sabablari nima? Aslida, 1950–1960-yillarda Xitoy xalqi yanada yoshara boshlagan edi. Sababi tibbiyotning biroz yaxshilanishi va sanitariya qoidalarining joriy etilishi natijasida go‘daklar o‘limi keskin kamaydi. Oila qurganlar ko‘p farzand ko‘rishda davom etdi, tug‘ilgan bolalar esa yashab qolardi. Natijada mamlakat yoshlarga to‘lib ketdi. Lekin shundan so‘ng vaziyat keskin o‘zgardi va Xitoyning tez qarishiga bir nechta asosiy omillar sabab bo‘ldi: 1. Qat’iy demografik cheklovlar (“Bir oilaga — bitta farzand” siyosati) 1979-yilda Xitoy hukumati aholi sonining haddan tashqari ko‘payib ketishining oldini olish uchun “Bir oilaga — bitta farzand” degan juda qat’iy siyosatni joriy qildi. Bu siyosat salkam 40 yil davom etdi (2015-yilda bekor qilindi). Oqibatda, millionlab bolalar dunyoga kelmadi. Jamiyatdaa yoshlar ko‘paytishi sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yildi. 2. Urbanizatsiya va iqtisodiy o‘sish Odamlar qishloqlardan yirik shaharlarga ko‘chib o‘tdi. Shahar sharoitida, uylar qimmat bo‘lgan va ta’lim narxi oshgan bir paytda, hatto hukumat ruxsat bergan taqdirda ham, ko‘p farzand boqish iqtisodiy jihatdan juda og‘irlashdi. Yoshlar ko‘proq karyera va daromad topishga e’tibor qaratib, farzand ko‘rishni kechiktira boshlashdi. 3. Uzoq umr ko‘rish Iqtisodiyot o‘sishi bilan Xitoyda turmush darajasi va tibbiyot ham rivojlandi. Qariyalar oldingiga nisbatan ancha uzoq yashaydigan bo‘ldi. Katta avlod uzoq yashayapti, o‘rnini bosadigan yosh avlod esa juda kam. Aynan shu sabablar birlashib, Xitoyni dunyodagi eng tez qariyotgan davlatlardan biriga aylantirdi. BMTning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050-yilga borib vaziyat shu darajaga yetadiki, xitoyliklarning o‘rtacha yoshi inglizlarnikidan naqd 10 yoshga kattaroq bo‘ladi. Bir paytlar yosh va arzon ishchi kuchi bilan butun dunyo fabrikasiga aylangan Xitoy yaqin kelajakda ishchi kuchi yetishmovchiligi va qariyalarni boqish uchun ulkan iqtisodiy bosimga duch keladi. 🇺🇿 Taqqoslash uchun O‘zbekistonda hozirgi kunda aholining o‘rtacha yoshi taxminan 29-30 yosh atrofida. Biz hali ham yosh va o‘sayotgan davlatmiz. Bu bizga iqtisodiyotni o‘stirish uchun ulkan “demografik dividend” ya’ni ishchi kuchi imkoniyatini beradi. Ammo kelajakda bizda ham shaharlashuv va iqtisodiy sabablar ortidan qarish jarayoni boshlanishi tabiiy. Manba @teacherazam