TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3427

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones15,200Numerus visionum
EditumApr 804/08/2026, 02:05 PM
Contentum scripti

Contentum

Nega kambag‘al davlatlar aholisi ko‘p, boy davlatlar aholisi esa kam ishlaydi? Dunyo bo‘yicha odamlarning qancha vaqt ishlashini tahlil qilsak, juda qiziq va adolatsizdek tuyuladigan vaziyatga duch kelamiz: eng boy davlatlarning fuqarolari hammadan kam ishlaydi, eng qashshoq mamlakatlar aholisi esa tinim bilmaydi. Buning sababi nima? Keling, raqamlar ortidagi asl iqtisodiy qonuniyatlarni tahlil qilamiz. 1️⃣ Jismoniy va aqliy mehnat Statistikaga ko‘ra, Butan (haftasiga 54,6 soat), Lesoto, Iordaniya va Pokiston kabi Osiyo va Afrika davlatlari aholisi dunyodagi eng ko‘p ishlaydigan xalqlar hisoblanadi. 🇺🇿 O‘zbekistondagi norasmiy sektor, qurilish yoki qishloq xo‘jaligida ishlaydigan yurtdoshlarimizning ish grafiklarini eslasak, bizda ham haftasiga 50-60 soatlik mehnat odatiy hol ekanini ko‘ramiz. Chunki bu davlatlar iqtisodiyoti qo‘l mehnatiga asoslangan. Masalan, g‘o‘za yoki bug‘doy yetishtirish, g‘isht quyish yoki tikuvchilik fabrikasida ishlash avtomatlashtirilmagan. Traktor yoki robot yo‘q joyda, uning o‘rnini qoplash uchun inson o‘zining jismoniy soatlarini qurbon qilishiga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, maoshlar past bo‘lgani uchun, odamlar tirikchilik o‘tkazish maqsadida ikki smenada yoki dam olish kunlarisiz ishlashga majbur. 2️⃣ Qanday qilib haftasiga 26 soat ishlab, boy yashash mumkin? Yevropa davlatlarida, xususan Niderlandiya va Norvegiyada o‘rtacha ish haftasi bor-yo‘g‘i 26 soatni tashkil etadi. Bu kuniga 5 soatdan ishlash degani! Bu yerda mehnatsevarlik emas, mehnat unumdorligi va texnologiya hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 🇳🇱 Niderlandiyalik fermer eng so‘nggi texnologiyalar va sun’iy intellekt o‘rnatilgan bitta traktor yordamida 1 soat ichida bajaradigan ishni, rivojlanayotgan davlatdagi 100 ta ketmon ko‘targan dehqon 1 haftada bajarishi mumkin. Mashinalar og‘ir ishni qilib bergani uchun, yevropaliklarda ish vaqti qisqa. Bundan tashqari, u yerda “Half-time” (yarim stavka) ishlash madaniyati kuchli rivojlangan. Talabalar va onalar haftasiga 15-20 soat ishlab ham o‘zini eplay oladi. Bu esa o‘rtacha statistikani pasaytiradi. 3️⃣ Suriya va Yaman nima uchun kam ishlaydi? Norvegiya va Niderlandiyada odamlar o‘z xohishi bilan shaxsiy hayotiga vaqt ajratish uchun kam ishlasa, Suriya (27 soat) va Yaman (22 soat) kabi davlatlarda odamlar davomiy urushlar, vayron bo‘lgan iqtisodiyot va zavodlarning yo‘q qilingani sababli kam ishlaydi. 🇸🇾 Ularda ommaviy ishsizlik va yashirin inqiroz hukm surmoqda. Ulardagi qisqa ish soatlari farovonlik emas, balki ish o‘rinlarining shunchaki yo‘qligini bildiradi. Haftasiga 25 va 50 soat ishlaydigan yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam