TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3428

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones17,600Numerus visionum
EditumApr 904/09/2026, 02:02 PM
Contentum scripti

Contentum

Nega AI sabab yangi telefon va noutbuklar qimmatlashmoqda? 📱 So‘nggi paytlarda qaysi yangi telefon yoki noutbukning taqdimotiga qaramang, barchasi: “Bizda sun’iy intellekt bor! Bu telefoningizni super-aqlli qiladi, yangisini oling!”, - demoqda. Lekin bu bilan ular o‘zlarining oyog‘iga o‘zlari bolta urib qo‘yganini bilarmidingiz? Tushuntirib beraman. 💻 Har qanday telefon yoki kompyuter ishlashi uchun unga xotira kerak. Boshqa tomondan, ChatGPT, Google Gemini kabi neyrotarmoqlarni ishlashi uchun stadiondek keladigan serverlar qurishi kerak. Bu serverlar ishlashi uchun ham aynan o‘sha telefon va kompyuterlarga ishlatiladigan xotira kartalaridan vagon-vagon kerak bo‘ladi. 💻 Microsoft, Google va OpenAI kabi gigantlar hozir xotira ishlab chiqaruvchi zavodlarga borib: “Sizdagi chiplarning hammasini biz eng qimmat narxda sotib olamiz," demoqda. Zavodlar Apple yoki Xiaomiga arzonroqqa sotgandan ko‘ra, serverlar uchun qimmatga sotish foydaliroq deb biladi. Oqibatda, oddiy telefon va noutbuklar uchun xotira chiplari yetishmovchiligi (defitsit) yuzaga keldi. 🔼 Yetishmovchilik bor joyda esa narx oshadi. Telefon va kompyuter ishlab chiqaruvchilar o‘zlariga kerakli qismlarni endi qimmatroqqa sotib olishga majbur bo‘lmoqda. Bu xarajatni esa ular o‘z yonidan to‘lamaydi, aksincha, tayyor mahsulot narxiga qo‘shib yuboradi. 🖥 HP va hatto arzon mini-kompyuterlar ishlab chiqaradigan Raspberry Pi ham narxlarni ko‘tarishini e’lon qilib bo‘ldi. Bu degani, tez orada o‘zimizdagi texnika do‘konlarida ham yangi avlod qurilmalarining narxi sezilarli oshishi kutilmoqda. Telefon va kompyuter ishlab chiqaradiganlar “Bizning qurilmada AI bor” deb maqtanib, mijozlarni jalb qildi. 🧠 Keyin xuddi shu AI texnologiyasining dunyo bo‘ylab rivojlanishi AI qurilmalar ishlab chiqarishini qimmatlashtirib yubordi. Oddiy xaridor esa narxi 100-200 dollar qimmatlagan qurilmani ko‘rib: “Menga o‘sha sun’iy intellektingiz kerak emas, eski telefonimni yana bir-ikki yil ishlataveraman”, - degan qarorga keladi. Manba Voqealar rivojini kuzatamiz Oramizda kim ichida AI funksiyasi bor telefon olgan? @teacherazam