Contentum
Nega Gen-Z qimor o‘yinlariga tez berilib ketyapti? Bu haqida Psychology Today nashri katta maqola e’lon qilibdi. Misol uchun yoshlar March Madness degan basketbol o‘yini uchun $4 mlrd pulni qimorga tikib yuborgan. Men sizga nima uchun bu jarayonni to‘xtatish qiyinligini qisqa qilib tushuntirib beraman. 1️⃣ Hamma narsa telefonda va o‘ta oson Oldin qimor o‘ynash uchun qayergadir borish kerak edi, hozir esa telefon orqali yotgan joyingizda kunu tun pul tikish mumkin. Ayniqsa, har daqiqada tikiladigan mikrostavkalar odamni miyasini zaharlab, xuddi giyohvand moddadek o‘ziga bog‘lab qo‘yadi. 2️⃣ Yoshlarning miyasi tez aldanadi Ilm-fan isbotlaganki, yigitlarda miyaning “xavfni sezish va o‘zini to‘xtata olish” qismi 25-30 yoshgacha to‘liq rivojlanmaydi. Ular tavakkal qilsam yutaman degan oson pul topish xayoliga tez aldanadi. Eng yomoni, yutqazgan pulini darhol qaytarib olaman deb, qarz ustiga qarz olib, jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. 3️⃣ Do‘stlar ta’siri va tinimsiz reklamalar Ijtimoiy tarmoqlarda “stavkadan falon pul yutdim” degan yolg‘on reklamalar to‘lib ketgan. Qolaversa, agar yigit kishining do‘stlari stavka qilsa, uning ham bu botqoqqa tushish ehtimoli 80 foizga oshib ketadi. Yoshlar buni xavfli qimor emas, shunchaki “do‘stlar bilan o‘ynaladigan sport qiziqishi‘ deb o‘ylashadi. Stavka o‘yinlari — bu shunchaki sport emas. Bu ulkan kompaniyalar tomonidan yoshlarning psixologiyasidan, g‘o‘rligidan va “tez boyish” orzusidan foydalanib, ularning pullari, sog‘lig‘i va kelajagini barbod qiladigan tuzoq. ❗️ Yoshlar, bunday keraksiz, foydasiz narsalarga aldanmang. Qolganlarga ham foydali bo‘lishi uchun postni ulashing @teacherazam