TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3431

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,800Numerus visionum
EditumApr 1304/13/2026, 02:04 PM
Contentum scripti

Contentum

Iqtisodiyot va taraqqiyotda "texnologik sakrash" (leapfrogging) degan juda qiziq tushuncha bor. Bu shuni anglatadiki, rivojlanayotgan davlatlar qandaydir eskirib borayotgan texnologiyani uzoq vaqt o‘zlashtirib o‘tirmasdan, birdaniga eng zamonaviy vositalarga o‘tib ketishi mumkin. Bunga eng yorqin misol — oddiy uy telefonlari (simli telefonlar) va mobil aloqa vositalari o‘rtasidagi farqdir. 🇺🇸 Keling, taqdim etilgan grafik misolida AQSh va Buyuk Britaniya kabi azaldan rivojlangan davlatlarni ko‘ramiz. Ularning grafigida simli telefonlardan foydalanish (ko‘k chiziq) 1960-yillardan boshlab to 2000-yillargacha muntazam o‘sib borganini ko‘rishimiz mumkin. Bu davlatlar o‘nlab yillar davomida uy telefonlaridan faol foydalanishgan. Ammo 2000-yillarning boshiga kelib mobil telefonlar (qizil chiziq) keskin ommalashgach, odamlar uy telefonlaridan voz kecha boshladi va ko‘k chiziq pastga qarab ketdi. 🇳🇬 Endi grafikning pastki qismiga — Gana va Nigeriya kabi Afrika davlatlariga e'tibor qarating. Ulardagi holat mutlaqo boshqacha. Bu mamlakatlarda uy telefonlari (ko‘k chiziq) chizig‘i deyarli nolga yaqin joyda, qimirlamasdan yotibdi. Ya'ni, ular aholini yoppasiga simli telefon bilan ta'minlash bosqichini shunchaki tashlab o‘tib ketishgan. Buning o‘rniga, 2000-yillarga kelib ularda mobil telefonlardan foydalanish (qizil chiziq) juda tez o‘sib ketganini ko‘rib turibsiz. Xo‘sh, nima uchun bunday bo‘ldi? Nega qashshoqroq va rivojlanayotgan davlatlar uy telefonlarini chetlab o‘tdi? Buning asosiy sababi — katta xarajatlar va infratuzilmadir. Butun mamlakat bo‘ylab yer tagidan yoki ustunlar orqali minglab kilometr mis kabel tortib chiqish va aloqa stansiyalari qurish o‘ta qimmat va yillar talab qiladigan jarayon edi. Iqtisodiyoti endi tiklanayotgan davlatlarning bunga qurbi yetmasdi. 📱 Mobil aloqa esa bunga ajoyib yechim bo‘ldi. Har bir uyga sim tortib borgandan ko‘ra, bitta baland minora (vishka) o‘rnatib, butun boshli tuman yoki qishloqni simsiz aloqa bilan ta'minlash ancha arzon va tez bitadigan ish edi. Qolaversa, Xitoy kabi davlatlar tufayli mobil telefonlarning o‘zi ham tezda arzonlashib, oddiy xalq bop matohga aylandi. Natijada xalq eski va qimmat texnologiyaga o‘ralashib qolmasdan, birdaniga arzonlashgan cho‘ntak telefonlariga o‘tib oldi. (Aytgancha, O‘zbekistondagi holat ham xuddi shunday kechganini o‘z hayotimizdan yaxshi bilamiz). Manba Do‘stlaringizga ham ulashing @teacherazam