Contentum
🇫🇷 Fransiya o‘zining elektr energiyasini asosan (qariyb 65 foizini) atom elektr stansiyalaridan (AES) oladi. Ya’ni, ular yorug‘lik va issiqlikni ko‘mir yoki gaz yoqib emas, atom energiyasidan ishlab chiqaradi. Grafikga qarasak, bu ko‘rsatkich boshqa mamlakatlarga nisbatan qanchalik katta ekanini ko‘rishimiz mumkin. 🌍 Butun dunyo bo‘yicha elektrning o‘rtacha atigi 9 foizi, Yevropada esa 20 foizi AESlardan olinadi. Fransiya esa bu borada mutlaq yetakchi bo‘lib, o‘z ehtiyojining uchdan ikki qismini atom energiyasi hisobidan qoplaydi. Xaritadagi to‘q ko‘k rang Fransiyaning bu boradagi ustunligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. ⚡️ Buning eng zo‘r tomoni shundaki, atom elektr stansiyalari havoga deyarli zaharli gaz (karbonat angidrid) chiqarmaydi. Shuning uchun ham Fransiyaning havosi qolgan davlatlarga qaraganda ancha toza. 🟰 Solishtirish uchun oddiy misol keltiraman: butun dunyoda 1 kilovatt-soat (kVt/soat) elektr ishlab chiqarish uchun havoga o‘rtacha 472 gramm zaharli gaz chiqariladi. Fransiyada esa, xuddi shu 1 kVt/soat elektr uchun havoga bor-yo‘g‘i 42 gramm zaharli gaz tarqaladi! Bu deyarli 11 baravar kam degani. AESlar yordamida Fransiya bir necha o‘n yillardan beri qo‘shnilariga qaraganda havoni ancha kam ifloslantirib, yashil energiya borasida dunyoga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Manba Do‘stlaringizga ulashib qo‘ying @teacherazam