Contentum
🇺🇸 Amerikaning davlat qarzi 39 trillion dollarga yetibdi! Bu butun dunyodagi eng boy 20 ta odamning boyligini qo‘shganda ham, undan ikki baravar ko‘p degani. Xo‘sh, bu dunyoning eng katta iqtisodiyotiga ega davlati shuncha pulni kimdan qarzga olgan? 💸 Grafikda qarz ikkiga bo‘lingan. Tashqi qarzlar va ichki qarzlar. Qarzning juda katta qismi, ya’ni 31,4 trillion dollari (yoki jami qarzning 81 foizi) hukumatdan tashqaridagi investorlar va chet davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan 7,6 trillion dollar esa hukumat ichidagi qarz deb ataladi. Ya’ni, bu xuddi odam o‘zining o‘ng cho‘ntagidan pul olib, chap cho‘ntagiga solib qo‘yganiga o‘xshaydi — AQSh o‘zining turli fondlaridan (masalan, Ijtimoiy himoya va pensiya jamg‘armalaridan) qarz olib ishlatgan. 💰 Grafikdagi investitsiya va pensiya fondlari 6,6 trillion dollar miqdorda AQShga eng katta qarz berganlar hisoblanadi. Undan keyin AQSh o‘zining Markaziy bankidan 4,4 trillion dollar qarz. Bu Yaponiya, Buyuk Britaniya va Xitoy kabi eng katta xorijiy qarz beruvchi davlatlarning umumiy ulushidan ham ko‘p. 👨🦳 Jismoniy shaxslar orasida esa milliarder Uorren Baffet o‘z kompaniyasi orqali 339 milliard dollarlik davlat qog‘ozlarini sotib olib, hukumatga eng ko‘p qarz bergan inson bo‘lib turibdi. Bu ulkan qarzning oddiy amerikaliklarga qanday ta'siri bor? 📊 AQShning qarzi har uch oyda qariyb 1 trillion dollarga o‘smoqda. Qarz qanchalik ko‘paysa, davlat byudjetining shuncha katta qismi faqatgina shu qarzning foizlarini to‘lashga ketib qoladi. Natijada yo‘llar qurish, ta’lim, mudofaa yoki ijtimoiy yordamlarga ajratilishi kerak bo‘lgan pullar qarz yopishga ketadi. 📊 Bundan tashqari, katta qarz tufayli mamlakatda kreditlarning foizi ko‘tarilib ketadi. Natijada oddiy odamlar uchun uy yoki mashina olish qimmatlashadi, oylik maoshlarning o‘sishi qiyinlashadi va yangi ish o‘rinlari ochilishi sekinlashadi. Qisqa qilib aytganda, davlat qarzining ko‘payishi oxir-oqibat oddiy xalqning yashash darajasiga salbiy ta’siri ko‘payadi. Manba Do‘stlaringizga jo‘natasizmi yoki yo‘qmi o‘zingiz bilasiz ) @teacherazam