TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3443

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,200Numerus visionum
EditumApr 2004/20/2026, 02:04 PM
Contentum scripti

Contentum

🎓 Ushbu grafikda turli davlatlardagi 25 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan kattalar orasida necha foiz odam oliy ma’lumotga ega ekani ko‘rsatilgan. 🇨🇦 Eng yuqori o‘rinni Kanada (63%) egallab turibdi. Ya’ni, Kanadada har 10 ta katta yoshli odamdan oltitasi oliy ma’lumotli! Ular dunyoda 60 foizlik dovondan o‘tgan yagona davlat hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinlarda Yaponiya (58%), Irlandiya (58%) va Janubiy Koreya (56%) kabi rivojlangan davlatlar joylashgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) ham 51% ko‘rsatkich bilan kuchli yigirmatalikka kiradi. 👨‍💼 Bu degani, ushbu mamlakatlarda aholining yarmidan ko‘pi diplomli mutaxassislardir va ularda asosan aql bilan ishlaydigan mutaxassislarga (masalan, dasturchilar, muhandislar, shifokorlarga) talab juda yuqori. Lekin hamma joyda ham ahvol bunday zo‘r emas. Masalan, Yevropaning o‘zida qiziq farq bor: Irlandiyada 58% aholi diplomli bo‘lsa, Italiyada bu ko‘rsatkich atigi 22 foizni tashkil etadi. 👷 Grafikning eng pastiga tushsak, dunyoning eng katta va aholisi ko‘p davlatlari — Xitoy (19%), Braziliya (18%), Hindiston (14%) va Indoneziya (13%) turganini ko‘ramiz. Bu degani, bu mamlakatlarda odamlarning juda oz qismi oliygohlarda o‘qish imkoniga ega. Ammo bu davlatlar ham o‘z iqtisodiyotini kuchaytirish va dunyoda raqobatbardosh bo‘lish uchun kelajakda oliy ta'limni kengaytirishga majbur. ‼️ Chunki zamonaviy dunyoda boy bo‘lish uchun qo‘l mehnati emas, balki bilim va yuqori malaka hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Manba OTM’ga tayyorlanayotgan tanishingizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam