TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3451

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,300Numerus visionum
EditumApr 2204/22/2026, 02:05 PM
Contentum scripti

Contentum

So‘nggi 25 yil ichida dunyo aholisining o‘sishida ikkita umuman har xil yo‘nalish paydo bo‘ldi: ba’zi davlatlarda odamlar soni bir necha barobar ko‘payib ketgan bo‘lsa, boshqalarida kamayib bormoqda. 🌐 Tasavvur qiling, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVF) ma’lumotlariga ko‘ra, 2000-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda aholining o‘sishi asosan Fors ko‘rfazi (arab davlatlari) va Afrikada yuz bergan. Sharqiy Yevropada esa odamlar soni doimiy kamayib bormoqda. 🇶🇦 Dunyoda aholisi eng tez o‘sayotgan davlatlar asosan Fors ko‘rfazi atrofida yig‘ilgan. Ro‘yxatning eng boshida Qatar turibdi! U yerda 2000-yildan beri aholi naqd 5 barobardan ko‘proqqa (423 foizga) oshgan. Chunki Qatar o‘zining neft-gazi va qurilishlari bilan juda ko‘plab xorijlik ishchilarni o‘ziga jalb qilmoqda. Xuddi shunday ahvol Birlashgan Arab Amirliklari (249%), Bahrayn (153%), Quvayt (139%), Ummon va Saudiya Arabistonida ham kuzatiladi. 🌍 Arab davlatlaridan tashqari, Afrikada ham aholi tez o‘smoqda. Masalan, Niger (157%), Angola (139%) va Chad kabi mamlakatlarda oilalarda tug‘ilish soni juda yuqori bo‘lgani uchun aholi ko‘paymoqda. Sharqiy yevropada esa ahvol chatoq. Eng ko‘p aholisi kamaygan mamlakat bu — Ukraina (-32,5%). Undan keyingi o‘rinlarda Bolgariya (-23%), Latviya, Litva va Ruminiya kabi davlatlar turibdi. 🇪🇺 Bunga sabab bu davlatlar Yevropa Ittifoqiga qo‘shilgach, yoshlar yaxshiroq ishlash uchun G‘arbiy Yevropaga (masalan, Germaniya yoki Angliyaga) ko‘chib keta boshlashgan. Dunyodagi eng katta davlatlarga kelsak, ularning o‘sishi o‘rtacha darajada. Hindiston (38%) va AQSh (21%) o‘sgan bo‘lsa, Xitoy atigi 10% ga o‘sgan xolos. Yaponiya esa hatto qariyb 3% ga kamaygan! Kanadada aholi 35 foizga ko‘paygan (asosan migrantlar hisobiga). 👥 Bugungi kunda odamlar asosan eng boy va katta davlatlarda emas, balki ish izlab boriladigan Arab davlatlarida va tug‘ilish ko‘p bo‘lgan yosh Afrika mamlakatlarida eng tez ko‘paymoqda. Yevropa kabi ba’zi rivojlangan hududlar esa tobora “qarib bormoqda” Manba Do‘stlaringizga ulashib qo‘ying @teacherazam