Contentum
🇺🇸 Amerikadagi nufuzli "Pew Research" markazi Instagram, TikTok va Snapchat o‘smirlarning hayotiga qanday ta’sir qilayotgani bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqotga qarasak, bugungi kunda yoshlarning qariyb 70 foizi bu dasturlardan har kuni, hatto kuniga bir necha marta muntazam foydalanadi. 📷 Yoshlar uchun bu tarmoqlar shunchaki zerikishni haydash emas, balki do‘stlar bilan doimiy aloqada bo‘lish va o‘z qiziqishlarini bo‘lishish uchun eng asosiy maydonga aylangan. Ko‘pchilik o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zlarini yolg‘iz his qilishmaydi, qiyin paytda tengdoshlaridan qo‘llab-quvvatlash topishadi va o‘z iste’dodlarini namoyon qilib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishadi. 📱 Lekin, tanganing ikkinchi tomoni bor. Yoshlarning katta qismi ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirib o‘zini doim boshqalar bilan solishtirishi oqibatida qattiq siqilish va stressni boshdan kechirarkan. Bundan tashqari, telefonga chalg‘ish oqibatida ularning darslari o‘zlashtirishi pasayib, uyqu rejimi butunlay buzilmoqda. ‼️ Eng oddiy va qisqa xulosa shuki: ijtimoiy tarmoqlar xuddi shirinlikka o‘xshaydi. Agar undan me’yorida, do‘stlar bilan muloqot qilish yoki yangi narsalar o‘rganish uchun ishlatsangiz, bu zarar qilmaydi. Lekin butun kuningizni birovlarning mukammaldek tuyulgan hayotini kuzatib, siqilishga sarflasangiz, sog‘lig‘ingiz va vaqtinggizga ziyon yetkazasiz. ⏳ Shuning uchun tarmoqlar sizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymang, o‘z vaqtingizni o‘zingiz aqlli ravishda boshqaring! Ijtimoiy tarmoqda ko‘p o‘tiradigan tanishlaringizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam