Contentum
💡 Ko‘pchiligimiz chiroqni yoqish, telefonni quvvatlash yoki noutbukda nimadir o‘qish haqida ortiqcha o‘ylab o‘tirmaymiz. Biz uchun bu oddiy va ajralmas holat. Ammo dunyodagi qariyb 700 million inson uchun bu haqiqiy orzu — chunki ularda umuman elektr energiyasi yo‘q! 21-asrda butun dunyo bo'ylab elektrsiz qolganlar soni ikki baravarga qisqardi — 1,35 milliarddan 675 millionga tushdi. 🌏 Janubiy Osiyo (grafikdagi pushtirang qism) va Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida (sariq qism) ahvol juda tez yaxshilangan. Bu hududlarda elektrsiz odamlar soni keskin kamaygan. Ammo grafikdagi binafsharang qismga qarasangiz, Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika davlatlarida elektrsiz qolganlar soni kamayish o'rniga, aksincha, oshib ketganini ko‘rasiz. 🌍 Bu Afrikada hech qanday ijobiy o'zgarish bo'lmadi degani emas. Aslida u yerda ham elektrga ulangan aholi ulushi 26% dan 53% gacha ko‘tarildi. Biroq, bu mintaqada aholi soni shunchalik tez o‘syaptiki, yangi elektr tarmoqlarini qurish tezligi bu o‘sishga yetib ololmayapti. Buning boshqa sabablari ham bor: 1️⃣ Uzoq va tarqoq qishloqlar: Afrikada odamlar juda keng hududlarda, tarqoq qishloqlarda yashaydi. Yuzlab kilometr uzoqlikdagi kichik bir qishloqqacha elektr simlari va ustunlar tortib borish davlatlar uchun juda qimmatga tushadi. 2️⃣ Iqtisodiy qiyinchiliklar va siyosiy holat: Afrikaning ko‘plab davlatlarida esa qashshoqlik, moliyaviy yetishmovchilik va ba’zan siyosiy beqarorliklar (urushlar) sababli bunday ulkan loyihalarni amalga oshirish qiyin bo‘lmoqda. 3️⃣ Qimmat energiya: Markazlashgan elektr tarmog‘ini qurish qiyin bo‘lgani uchun, hozirda u yerda ko‘proq quyosh panellari kabi lokal (mahalliy) yechimlarga e’tibor qaratilmoqda. @teacherazam