Contentum
Real Sanjik ishi bo'yicha munosabatim: 1. Ha, bizga ochiq va omma oldida muhokama bo'ladigan sud ishlari muhim. Negaki, bu fuqarolarning turli xonanda va yulduzlarni muhokamasidan, davlatimizning ijtimoiy hayotiga qiziqayotganini ko'rsatadi. 2. Men xohlardimki bunday ochiqlik (ism familiya aytilishi, yuzi ko'rsatilishi) nafaqat millioner va blogger odamlarga nisbatan, balki har bir jiddiy ishda gumonlanayotgan fuqaroga nisbatan bo'lishini. 3. Har bir deganimda, HAR BIR. Bu bechora bolasi isitmalab yotgani uchun, katta tezlikda qarama-qarshi yurishga majbur bo'lgan haydovchiga ham tegishli. Har bir deganimda, bu halol ishlab, damasda kun ko'rayotgan, jahli chiqganida kimdurni pichoqlab qo'ygan aka bo'lsa ham degani. Har bir deganimda, bu hokimning o'zi katta korrupsion ishda qo'lga olingan bo'lsa ham degani. 4. Adolatli sud xohlaymizku to'g'rimi? Ammo, adolatli sudni sizga qarshi ishlashiga ham tayyormisiz? kanalga obuna bo'lish: @teacherazam