TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Teacher Azam
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT POST

Post #3505

@TeacherAzam

Teacher Azam

Visiones12,400Numerus visionum
EditumMay 1205/12/2026, 11:21 AM
Contentum scripti

Contentum

🇺🇸 AQSH mehnat bozori asta-sekin erkaklardan uzoqlashmoqda WSJ yozishicha, oxirgi yillardagi yangi ish o‘rinlarining deyarli barchasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam sohalarida yaratilgan. Bu esa an’anaviy ravishda ayollar ko‘proq ishlaydigan yo‘nalishlar hisoblanadi. Aksincha, qurilish, ishlab chiqarish va boshqa erkaklar ustun bo‘lgan sohalarda ish o‘rinlari kamaymoqda yoki o‘sish juda sust. Pandemiyadan keyin ayniqsa ayollar ish bozoriga faolroq qaytgan, erkaklar bandligi esa deyarli o‘smay qolgan. Yana bir muhim omil — ta’lim. AQSHda ayollar bakalavr diplomini erkaklarga qaraganda ancha ko‘proq olayapti. Oliy ma’lumotli insonlarda esa ish topish imkoniyati ancha yuqori. Shuningdek, aholining qarib borayotgani sabab, kelajakda hamshiralik, qarovchi, medical assistant kabi ishlar yanada muhim bo‘lishi kutilmoqda. Ammo bu kasblarga erkaklar tarixan kam kirgan. Hozir AQSHda erkaklarning ish bilan bandlik darajasi 1990-yillardagidan sezilarli past. Ayollarda ham pasayish bor, lekin u ancha yumshoq kechgan. @teacherazam