TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Andijan Development Center
Andijan Development Center avatar

TGINSIGHT POST

Post #10149

@adceducate

Andijan Development Center

Visiones73,100Numerus visionum
EditumFeb 402/04/2026, 04:30 PM
Contentum scripti

Contentum

Bugun biz Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi ta'lim tashkilotlari hamda Konfutsiy instituti vakillari bilan samarali muzokaralar o‘tkazdik 🤝🇨🇳 ​Uchrashuv yakunlariga ko‘ra hamkorlik memorandumi imzolandi, bu esa talabalarimiz va o‘quvchilarimiz uchun yangi xalqaro ta'lim imkoniyatlarini ochib beradi. ​🔹 Endi bizning talabalar va maktab o‘quvchilari: -​ta'til davrida Xitoyga borib, Xitoy maktablarida tahsil olishlari; -​Xitoydagi maktab va oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishlari; ​eng nufuzli maktablar va TOP universitetlarda grant asosida tahsil olishlari; -​bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlariga qabul qilinishi mumkin. ​🎉 Yana bir ajoyib yangilik: yaqin vaqt ichida test markazimizda HSK imtihonlari rasmiy ravishda o‘tkaziladi! ​📚 Shu munosabat bilan barchani xursandchilik bilan ma'lum qilamiz: yaqin kunlarda markazimizda XITOY TILI kurslari ochilmoqda! Darslar eng yaxshi, yuqori malakali va tajribali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. ​👉 Xitoyda o‘qish, grant yutish va xalqaro imkoniyatlardan foydalanishni istasangiz — hoziroq Xitoy tili kurslarimizga yoziling! 🇨🇳✨ ​📞 Telefon: +998742261078 📲 Telegram: @admofadc