Contentum
🚀Yandex Cup 2025 uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Yandex bu yil sakkizinchi marotaba xalqaro dasturlash musobaqasi Yandex Cup 2025ni o‘tkazadi. Dunyodagi eng kuchli dasturchilar umumiy 140 ming dollar mukofot jamg‘armasi uchun bellashadi. 🏆 Final bosqichi 5–7 dekabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda Istanbul dunyoning 180 nafar eng yaxshi dasturchi va ML mutaxassislariga mezbonlik qiladi. 📌 Musobaqa 6 yo‘nalishda tashkil etiladi: Data Analytics, Frontend, Backend, Mobile Development, Machine Learning, Algoritmlar (competitive programming) Machine Learning va Algoritmlar bo‘limlari ingliz tilida o‘tkaziladi, bu esa global ishtirokni ta’minlaydi. 🗓️ Muhim sanalar: 20–29 oktabr: sinov bosqichi (ML’dan tashqari barcha yo‘nalishlar uchun) 2 noyabr: asosiy saralash 15 oktabr – 5 noyabr: ML yo‘nalishi uchun saralash 📍 Ro‘yxatdan o‘tish 29 oktabrgacha (ML yo‘nalishi uchun 5 noyabrgacha) davom etadi. 2011 yildan beri Yandex dasturlash bo‘yicha xalqaro musobaqalarni tashkil etib keladi. O‘tgan yili 90 mamlakatdan 20 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan, final esa Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi. Videoni ko‘rib, qanday bo‘lganini bir eslaylik))) 👉 Rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘ting va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! https://yandex.ru/cup/