TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Qarorlar soyasida
Qarorlar soyasida avatar

TGINSIGHT POST

Post #202

@grdirector

Qarorlar soyasida

Visiones1,610Numerus visionum
EditumSep 1709/17/2025, 09:58 AM
Contentum scripti

Contentum

17–21 sentabr kunlari Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida Hamnafas - Inklyuziya va imkoniyatlar festivali bo‘lib o‘tadi. Yandex Kinopoisk ham festival dasturida ishtirok etadi va 21 sentabr kuni «Paddingtonning sarguzashtlari 3» 🐻 filmini subtitrlar (SDX) bilan eshitishida qiyinchiliklari bo‘lganlar uchun namoyish qiladi. Festival dasturi juda boy - bu besh kun davomida faqat shu yerda ko‘rish mumkin bo‘lgan ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi. 🔥 Must have’dan: 20 sentabr, 18:00 — Jhe An (arxitektor, Studio Weave, London) ma’ruzasi: jamoalar ishtiroki loyihalash g‘oyasining o‘zini qanday o‘zgartiradi. 18 sentabr, 18:00 - Moisen Mahjubniya (Kanada) ma’ruzasi: raqamli inklyuziya bo‘yicha ekspert. U AI qanday qilib inklyuziv raqamli muhitni shakllantirayotganini va chinakam inklyuziv dasturlarni yaratish sirlarini tushuntiradi. ✨ Kino namoyishlari: 21 sentabr, 19:00 - «And the Trees Danced Below» (16+). Film Toshkentdagi «Alternativa» kinolaboratoriyasi doirasida o‘smirlar tomonidan suratga olingan. Bu orzular mozaikasi: qo‘rqinchli, ta’sirchan. Namoyishdan oldin o‘smir mualliflar bilan ochiq suhbat o‘tkaziladi. «Choy», Shokir Xolikov filmi - Kann festivalida nogironlar hayotini aks ettiruvchi eng yaxshi filmlar orasida Gran-pri sovrindori. 🎨 To‘liq dastur, ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot - Kutubxona saytida: acdflibrary.uz O‘zingiz keling va do‘stlaringizni ham olib keling 🫶