TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Qarorlar soyasida
Qarorlar soyasida avatar

TGINSIGHT POST

Post #205

@grdirector

Qarorlar soyasida

Visiones1,560Numerus visionum
EditumSep 2009/20/2025, 05:35 PM
Contentum scripti

Contentum

Bugun biz o‘zimizning telba darajada ulkan rejamizning birinchi qadamini tashladik - dasturchilar hamjamiyatini shunday darajada kuchaytiramizki, ular haqida rok-yulduzlar kabi gapirishadi. Biz ishonamiz: koderlar - yangi superqahramonlar. Endi payt keldi: maktabdagi bolalar prokuror kreslosini emas, balki xakaton va startaplarni orzu qilishlari kerak. Start shov-shuvli bo‘ldi: 500 kishi qatnashgan tadbir, keyin esa yopiq tusovkali joy. Va bu faqatgina razminka xolos. Oldinda 20 dan ortiq tadbirlar - nonushtalar, mitaplar, xakatonlar. Biz koderlarni mahoratlarni oshiramiz, eski tartiblarni sindiramiz va katta g‘oyalar tug‘iladigan jasur bir jamoani yig‘amiz. Ha, orzu oddiy: dunyoning top kompaniyalarda CEO hindlar emas, bizning qora ko‘zlarimiz o‘tirishi kerak. Bugun bu kichkina odamning ulkan orzu sari qo‘ygan kichkina qadami. Bizga omad tilang! Sizning haqiqiy vatanparvaringiz va uning jamoasi.