Contentum
Bugun mamlakatimizda 18 mingga yaqin informatika o‘qituvchilari faoliyat yuritmoqda Dunyo shunchalik tez o‘zgarayaptiki, ko‘p o‘qituvchilar yangi texnologiyalar va ta’limdagi yangiliklarga hamqadam bo‘lishga ulgura olmayapti. Ammo bizning maqsad aniq: har bir maktab bitiruvchisi kod yozishni bilishi, python dasturlash tilining asoslarini tushunishi va sun’iy intellekt vositalari bilan ishlay olishi kerak. Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida informatika o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan intensiv dastur yakunlanmoqda - bu biz boshlagan katta yo‘lning navbatdagi bosqichi. Bir yarim oy avval biz Toshkentda eng iqtidorli 300 nafar o‘qituvchi uchun shunday intensiv o‘tkazgan edik. Bu orada turli yondashuvlarni sinab ko‘ryapmiz, samaradorlikni baholayapmiz, ammo hali barqaror tizimni to‘liq shakllantira olganimiz yo‘q. Aniq bir haqiqat bor: bu o‘zgarishlarni joylardagi kuchli o‘qituvchilarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Informatika o‘qituvchisi raqamli davrning maktabdagi konsuli bo‘lishi kerak - u faqat o‘zgarishlarni quvib emas, ularni boshlab beradigan inson. Biz dastlab audit, onlayn kurslar va oflayn malaka oshirishdan boshlayapmiz. Ammo bu yo‘lning boshlanishi xolos. Oldinda chuqurroq, tizimli o‘zgarishlar turibdi. Chunki bunday yangilanishlarni nafaqat raqamlar, balki qalblarimiz ham talab qilmoqda.