TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Qarorlar soyasida
Qarorlar soyasida avatar

TGINSIGHT POST

Post #267

@grdirector

Qarorlar soyasida

Visiones1,010Numerus visionum
EditumOct 2510/25/2025, 06:15 PM
Contentum scripti

Contentum

Yandex Uzbekistan “Erta aniqla - Hayotni saqla” forumini hamda “Pushti oktabr” doirasida, bachadon bo‘yni va sut bezi saratonini nazorat qilish dasturiga bag‘ishlangan media kampaniyani qo‘llab-quvvatladi. Biz, Yandex Uzbekistan jamoasi, insonlar hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan va jamiyat uchun muhim bo‘lgan tashabbuslarni chin dildan qo‘llab-quvvatlaymiz. “Erta aniqla - Hayotni saqla” forumi ana shunday tashabbuslardan biri bo‘lib, shifokorlar, ekspertlar, yetakchilar va jamiyat sog‘lig‘iga befarq bo‘lmaganlarni birlashtirmoqda. Reproduktiv saraton turlari - ayollar orasida eng keng tarqalgan kasalliklar. Har sakkizinchi ayol sut bezi yoki bachadon bo‘yni saratoni bilan to‘qnash kelish xavfiga ega. Bachadon bo‘yni saratonini emlash va muntazam skrining orqali butunlay oldini olish mumkin, sut bezi saratoni esa erta bosqichda aniqlansa - tez, oson va arzon davolanadi. Mazkur dastur tufayli mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasida sezilarli o‘zgarishlar, ommaviy tekshiruvlar va profilaktik skrininglar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa erta tashxis qo‘yish madaniyatini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash biz uchun shunchaki ishtirok emas, balki texnologiyalarni jamiyat foydasiga yo‘naltirish haqidagi missiyamizning ifodasidir. Zamonaviy yechimlar, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bugun shifokorlarga kasalliklarni erta aniqlash va inson hayotini saqlab qolishda haqiqiy yordamchi bo‘lmoqda. Biz mamlakatda ayollar salomatligini qadrlaydigan yangi ongli madaniyat shakllanayotganidan xursandmiz. Ochiq va samimiy hamkorlik esa doimiy taraqqiyotning manbai bo‘lishiga ishonamiz. Tashkilotchilarga bildirilgan ishonch va bu muhim hamda ilhomlantiruvchi tashabbusda qatnashish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Batafsil: ertaaniqlaforum.uz