Contentum
🇺🇿 Endi faoliyatimni Strategik rivojlanish bo‘yicha Vitse-Prezidenti lavozimida davom ettiraman. Bu katta mas’uliyat bo‘lishi bilan birga, shu paytgacha faqat muhokama darajasida qolgan g‘oyalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatidir. So‘nggi yillarda biz bir necha kishilik jamoadan +1600 dan ortiq mutaxassis ishlaydigan kompaniyaga aylandik. O‘z dasturchilar ofisimizni ochdik, kuchli jamoa to‘pladik, hozirda butun mamlakat bo‘ylab foydalanilayotgan xizmatlarni yo‘lga qo‘ydik. Bugungi kunda Yandex O‘zbekiston - bu transport, fintech, funtech, ta’lim, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, yetkazib berish va marketpleys xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Bu odamlarga har kuni amaliy yordam beradigan xizmatlardir. Biz shunchaki tayyor yechimlarni nusxalashga emas, balki texnologiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish - mamlakatning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, o‘z yondashuvlarimizni ishlab chiqish, jamoa ichida tajribani oshirishga intilamiz. Har yili yangi kamida uchta yangi bizneslarni bozorga chiqarib keganmiz, keskin raqobat sharoitida o‘sishni saqlab qolamiz. Bu nafaqat mening, balki butun jamoamizning mehnati natijasidir. Men uchun strategiya - bu shunchaki hisobotlardagi raqamlar emas, balki boshqalar hali ko‘rmagan imkoniyatlarni ilg‘ay olishdir. Bundan buyon davlat tuzilmalari bilan hamkorlik, biznesni rivojlantirish, yangi yo‘nalishlarni izlash va jamoani o‘stirish masalalariga rahbarlik qilaman. Yonimda bo‘lgan barchangizga minnatdorchilik bildiraman - sizning professionalligingiz va g‘ayratingiz rejalarimizni voqelikka aylantirmoqda. Rahmat!