Contentum
Tajriba almashish Katta biznesda bitta oddiy qonuniyat bor: mamlakatlar har xil, madaniyatlar har xil, lekin yechiladigan masalalarning mexanikasi deyarli hamma joyda bir xil. Chaqiriqlar takrorlanadi, yechimlar bir-biriga ohangdosh, farq esa asosan miqyos va tezlikda. Yandeksning faoliyat geografiyasi shu qadar kengki, ba’zan o‘zimizni go‘yoki hamma joydamizdek his qilamiz. Qaerda allaqachon jamoamiz bor - o‘sha yerda o‘sishimizni tezlashtiramiz. Qaerda hali yo‘q - kirib borish uchun asosli va ehtiyotkor strategiya tayyorlaymiz. Bu bizga juda kuchli ustunlik beradi: turli bozorlarda tizimlar qanday ishlashini va turli mamlakatlarda regulyatorlar qanday fikrlashini jonli ko‘rish imkoniyati. Istanbuldagi uchrashuv aynan shu narsani juda yaqqol ko‘rsatdi. Bitta zalda qirqga yaqin mamlakatdan kelgan hamkasblar yig‘ildi - va shu payt aniq ko‘rinadi: har birimiz o‘z sharoitimizda, o‘z “realligimizda” ishlaymiz, lekin o‘rganadigan maydonimiz umumiy. Kimdir transportni tartibga solish bilan shug‘ullanadi, kimdir mehnat bozori bilan, yana boshqalar raqamli transformatsiya va shahar servislarini rivojlantirish bilan. Eng qadrli jihat - ochiqlik. Bu yerda chiroyli slaydlar ko‘rsatishmadi, balki haqiqiy tajriba bilan o‘rtoqlashishdi: qaerda ishladi, qaerda yiqildi, qaerda yo‘l-yo‘lakay strategiyani o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Shunaqa suhbatlar har qanday rasmiy ma’ruza va hisobotdan ancha qimmatli. Meni eng ko‘p o‘ylantirgan misollardan biri Kot-d’Ivuardagi transport islohoti - Yamusukro shahri bo‘ldi. Bu - rasmiy poytaxt, lekin mamlakatning asosiy iqtisodiy va madaniy markazi emas. Shunga qaramay, hamkasblarning yondashuvi juda kuchli taassurot qoldiradi: harakat oqimlarini boshqarish bo‘yicha aniq mantiq, shahar aholisi haqiqiy odatlari va kundalik yo‘nalishlariga tayangan yondashuv, turli transport turlarini puxta va bosqichma-bosqich integratsiya qilish. Juda yetuk, yaxshi o‘ylangan model. Bunday safarlar shunchaki dunyoqarashni kengaytirmaydi. Ular nigohni o‘zgartiradi. Ko‘p hollarda esa aynan nigoh ertaga qanday qaror qabul qilishingizni va qaysi yo‘lni tanlashingizni hal qiladi.