Contentum
Talabalarlik davrimdagi olimpiadalarni xuddi kechagidek eslayman. Ishtiyoq, uyqusiz tunlar, har qanday masalani faqat tirishqoqlik bilan yechish mumkinligini his qilish. Bir olimpiadadan ikkinchi o‘rin bilan qaytganimni eslayman. Samarqandga borish uchun chiptaga hamkasblarim pul berdi. Endi bularning barchasi yoqimli xotiraga aylangan. Bu lahzalar ilmga qanchalik tashna bo‘lganimni va qanchalik o‘sishni xohlaganimni eslatadi. Aynan shuning uchun ham, yigitlar Shveysariyadagi xakatonga yo‘l olganlarini aytib, yordam so‘raganda, darrov rozi bo‘ldim. Hech nima muhokama qilmadik, hisob-kitob qilmadik - shunchaki qo‘llab-quvvatladik. Biz uchun bu uncha katta mablag‘ emas. Ular uchun esa - kelajaklarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan imkoniyat. Jahon darajasini ko‘rish, o‘zlarini global intelluktual makonning bir qismi sifatida his qilish va o‘zbek talabalarining eng kuchlilar bilan bemalol bellasha olishini anglash imkoniyati. Eng quvonarlisi - ular shunchaki borib kelishmadi. Ular Logitech kompaniyasining homiylik tanlovida g‘alaba qozonishdi. Bu esa butunlay boshqa daraja. Agar yigitlar karyera qurishga qaror qilsa, ularni navbatsiz ishga olishadi. Tasavvur qiling: EPFL xakatonida qatnashgan o‘zbekistonlik talabalar allaqachon dunyodagi eng yirik texnologiya kompaniyalaridan birining e’tiborini tortdi. Ishonchim komil: bunday qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish kerak. Xalqaro xakatonlarda O‘zbekiston nomidan qatnashmoqchi bo‘lgan talabalarga yo‘l ochiq bo‘lishi lozim. Endi biz dunyoga dadilroq chiqib, qanday ilmiy salohiyatga ega ekanligimizni va bugungi kunda universitetlarimizda qanday salohiyat shakllanayotganini eslatishimiz kerak. Veni Vidi Vici - Lauzhack 2025