TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
← Qarorlar soyasida
Qarorlar soyasida avatar

TGINSIGHT POST

Post #320

@grdirector

Qarorlar soyasida

Visiones1,860Numerus visionum
EditumJan 1201/12/2026, 03:39 PM
Contentum scripti

Contentum

Juda ham muhim, ammo hozircha ko‘pchilik e’tibor qaratmagan me’yoriy hujjat e’lon qilindi - 2025-yil 6-oktyabrdagi PQ-296-sonli "Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori Nimalar o‘zgarmoqda? 1. Murojaatlarni ko‘rib chiqishning yangi modeli Bundan buyon iste’molchilarning barcha shikoyatlari dastlab Monopoliya qo‘mitasining raqamli platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorga yuboriladi. Tadbirkor ko‘rib chiqish va javob berish uchun 10 kun muddatga ega - butun jarayon shaffof bo‘lib, tizimda to‘liq nazorat qilinadi. Agar tadbirkorning javobi iste’molchini qanoatlantirmasa yoki muammo hal etilmagan bo‘lsa, murojaat arizachining xohishiga ko‘ra yo Monopoliya qo‘mitasiga, yo nodavlat notijorat tashkilotiga (NNT) yuboriladi. Ular majburiy ko‘rsatma berishi, ishni sudga yuborishi yoki nizoda kim haqligini tushuntirishi mumkin. 2. Muddati o‘tgan tovarni sotishni avtomatik bloklash 2026-yil 1-martdan boshlab markirovka qilinishi shart bo‘lgan barcha toifadagi tovarlar (shu jumladan dori-darmonlar) bo‘yicha yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotni sotish texnik jihatdan imkonsiz bo‘ladi - tizim bunday sotuvni avtomatik ravishda bloklaydi va kassa cheki ham chop etilmaydi. Bu uzoq kutilgan yangilik muddati o‘tgan yoki xavfli tovarlarni xarid qilish xavfini minimal darajaga tushiradi. Bu, ayniqsa, farmatsevtika bozori uchun muhimdir. 3. NNT rolini kuchaytirish va "sirli xaridor" amaliyotini joriy etish 2027-yilgacha bo‘lgan sinov muddatida nodavlat notijorat tashkilotlariga iste’molchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, "sirli xaridor" tamoyili asosida nazorat xaridlari va tekshiruvlar o‘tkazish vakolati beriladi. Bu yo‘nalishlarda ishlash uchun ularning xodimlari maxsus ta’lim olib, sertifikatlanadi. Davlat esa o‘z navbatida bozorda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratadi. Xulosa: Yangi qaror O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning zamonaviy, amalda ishlaydigan tizimini yaratish yo‘lidagi jiddiy qadamdir. Bu tashabbuslarning amaliyotda qanday joriy etilishini kuzatib boramiz. Bunday chora, shubhasiz, bozorni yaxshilaydi va umid qilamanki, iste’molchilarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. https://lex.uz/uz/docs/7757479