Contentum
Yandex Uzbekistan va PFL: futbol va raqamli media sohasidagi strategik hamkorlik 2026-yil 25-fevral kuni Yandex Uzbekistan va O‘zbekiston Professional futbol ligasi strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi. Mazkur kelishuv uchta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: raqamli translyatsiyalar, Yandex ekotizimini futbol infratuzilmasiga integratsiya qilish hamda muxlislar bilan ishlash. Hamkorlik doirasida O‘zbekiston Pro-ligasi va Superligasi o‘yinlari Allplay va Kinopoisk platformalarida namoyish etiladi. Yandex Uzbekistan Superliganing rasmiy hamkori va Pro-liganing titul homiysi maqomini qo‘lga kiritadi hamda turnirga nom berish huquqiga ega bo‘ladi. Hamkorlik Yandex servislarining liga media maydoni va stadionlar infratuzilmasiga chuqur integratsiyalashuvini ko‘zda tutadi. O‘yin kunlari muxlislar uchun Allplay, Yandex Music, Yandex Go, Alisa va boshqakar ishtirokida mavzuga oid tadbirlar, arenalarda interaktiv formatlar, shuningdek, faol foydalanuvchilar va hamkor haydovchilar uchun maxsus mexanikalar tashkil etiladi. Filmlar, seriallar va musiqiy relizlar taqdimotiga bag‘ishlangan maxsus loyihalar ham alohida rejalashtirilgan. Kelajakda tomonlar qidiruv tizimida raqamli integratsiyalarni, shahar servislarining ko-brendingini hamda O‘zbekistonda yoshlar futbolini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni ko‘rib chiqmoqda.