Contentum
Yandex Uzbekistan «ONA» respublika jamoat fondi bilan birga yangi dasturini ishga tushirdi Dastur og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayol-kuryerlarni qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi ya’ni yolg‘iz onalik, og‘ir kasallik yoki nogironlik (ayolning o‘zi, turmush o‘rtog‘i yoki farzandida) holatlari bor bo‘lgan ayollarni qamrab oladi. Yandex Uzbekistan imkon qadar ko‘proq insonlarga rivojlanish va daromad topish imkonini yaratishga intiladi. Kompaniya servislar turli hamkorlarning, jumladan, eshitishida nuqsoni bor haydovchilardan tortib kuryerlargacha ehtiyojlarni moslashtiriladi. Yangi dastur ushbu ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, ayol-kuryerlar uchun qo‘shimcha tayanch yaratish va murakkab hayotiy bosqichni yengilroq o‘tishga yordam berishga qaratilgan. Fond yordamni individual tarzda tanlaydi - masalan, yurist maslahati tashkil etishga, oziq-ovqat mahsulotlari yoki bolalar uchun zarur tovarlarni xarid qilishga ko‘maklashadi. Ariza maxsus forma orqali topshiriladi, Yandex Go tomonidan dastlabki ko‘rib chiqilgach, mezonlarga mos kelgan holatlar fondga yuboriladi. Dasturda Yandex Go’dagi Taomlar, Lavka va Yetkazib berish servislarida buyurtmalarni bajaradigan hamda platforma qoidalariga rioya qiladigan ayol-kuryerlar ishtirok etishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda fond tegishli hujjatlarni so‘rashi mumkin. Bizning «ONA» fondi bilan hamkorligimiz 3 yildirki davom etmoqda: kompaniya xayriya safarlari va yetkazib berishlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, shuningdek, ta’lim va boshqa ijtimoiy tashabbuslarda ishtirok etmoqda.