Contentum
Yandex Go O‘zbekistonda o‘zaro baholash tizimini ishga tushirdi: endi nafaqat haydovchilar, balki yo‘lovchilarning ham reytingi shakllantiriladi Biz barcha ishtirokchilar uchun xizmatni yanada shaffof va adolatli qilishga yordam beradigan vositalarni doimiy ravishda rivojlantirib bormoqdamiz. Har bir safardan so‘ng haydovchi va yo‘lovchi bir-biriga baho qo‘yishi mumkin. Bu orqali har ikki tomonning tajribasi hisobga olinadi va xizmat sifati yanada muvozanatlashadi. Yo‘lovchi reytingi haydovchilar tomonidan qo‘yilgan so‘nggi 40 ta bahodan tashkil topadi. Bunda yo‘lovchining o‘z vaqtida kelishi, xushmuomalaligi, saranjom-sarishtaligi va buyurtma tafsilotlarini to‘g‘ri ko‘rsatganligi inobatga olinadi. Yangi safarlar ko‘rsatkichga kuchliroq ta’sir qiladi, eng yuqori reyting - 5 ball. Yo‘lovchilar esa avvalgidek safarlarni salonning tozaligi, haydash xavfsizligi, haydovchining xushmuomalaligi va belgilangan manzilga o‘z vaqtida yetib kelganligiga qarab baholaydilar. Biz uchun xizmatimiz o‘zaro hurmat maskani bo‘lib qolishi muhim. Yangi tizim - safarning har bir ishtirokchisi fikri ahamiyatga ega bo‘lishi va Yandex Go platformasi ichida qulay muhitni saqlab qolishga yordam berishi yo‘lidagi yana bir qadamdir.