TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL avatar

TGINSIGHT CHAT

SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL

@samvilqurilish

Negotium

Samarqand shahri Ko‘ksaroy maydoni 1-D bino 👉samvilqurilish.uz 👉https://www.facebook.com/samvilqurilish 👉https://Instagram.com/samvilqurilish 👉 Murojaat telegram: https://t.me/Xurshiduzoqov ☎️ Murojaat: +998662353580 ☎️ Komplayens: +998662332104

Subscriptores1,120Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,001Scripta numerata
Attingentia recens5,475Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 1 de 84 · 1,001 scripta

Editum Apr 18

🏪✈️▶️📷 😄#OAV_NIGOHIDA 🎉18-APREL — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISH SOHASI XODIMLARI KUNI 🌐 Rasmiy sahifalarimizga aʻzo boʻling 👇 | 🌐Web| 💬Instagram| 🗳Facebook| 💬Telegram|

292 views

Editum Apr 18

💐Samarqandda kommunal soha xodimlari munosib taqdirlandi ➡️ 18-aprel — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida tantanali tadbir o‘tkazildi. 🇺🇿 Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov hamda bosh boshqarma boshlig‘i Bahodir Negmatov ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va xodimlarning fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi. ➡️ Tadbirda tuman va shahar bo‘limlari mas’ullari, boshqaruv servis kompaniyalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari vakillari hamda soha faxriylari keng ishtirok etdi. 🏅 Tantanali marosimda o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarayotgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari, viloyat hokimligining tashakkurnomalari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. 🌐 Rasmiy sahifalarimizga aʻzo boʻling 👇 | 🌐Web| 💬Instagram| 🗳Facebook| 💬Telegram|

627 views

Editum Apr 18

🏪✈️▶️📷 #️⃣#Zamonamiz_qahramonlari ✅ Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari faoliyati — aholi e’tirofida 🌐 Rasmiy sahifalarimizga aʻzo boʻling 👇 | 🌐Web| 💬Instagram| 🗳Facebook| 💬Telegram|

297 views

Editum Apr 18

🏪✈️▶️📷 #️⃣#Ахборот24 😄Результаты реформ в системе ЖКХ 🌐 Подпишитесь на наши официальные страницы 👇 | 🌐Web| 💬Instagram| 🗳Facebook| 💬Telegram|

426 views

Editum Apr 18

🏪✈️▶️📷 #️⃣#Zamonamiz_qahramonlari 🎥 Qulay hayot ortida — fidokor mehnat bor! 🏢 Ko‘p qavatli uylar atrofi toza, yo‘laklar tartibli, hovlilar obod. Bu — har kuni ko‘zga ko‘rinmas, lekin hayotimizni yengillashtirib kelayotgan fidoyi insonlar mehnatidir. 💐 18-aprel — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni. Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi “Nodirabegim” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Sam Sug‘diyona Obod Servis” uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatiga nazar tashlaymiz. 🏘 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati 🌐 Rasmiy sahifalarimizga aʻzo boʻling 👇 | 🌐Web| 💬Instagram| 🗳Facebook| 💬Telegram|

666 views

Editum Apr 18

🎉 18-aprel — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni! 💐Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz soha xodimlari! 🌐 Rasmiy sahifalarimizga aʻzo boʻling 👇 | 🌐Web| 💬Instagram| 🗳Facebook| 💬Telegram|

1,250 views

Editum Apr 17

🏪✈️▶️📷 #️⃣#Siyosiy_maʼrifat_soati #️⃣#Milliyligimiz_faxrimiz 📚 Siyosiy-ma’rifat soati: muhim yangiliklar va huquqiy bilimlar 📍 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati" o‘tkazildi. Unda xodimlar joriy hafta davomida mamlakatimiz va xorijda ro‘y bergan muhim siyosiy-ijtimoiy voqealar haqida maʼlumotlarga ega bo‘ldilar. 🇺🇿Tadbir davomida xodimlar siyosiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan bir qatorda, milliy liboslarda ishtirok etib, xalqimizning qadriyatlari va madaniyatiga bo‘lgan hurmatlarini namoyon etdilar. 🌐 Rasmiy sahifalarimizga aʻzo boʻling 👇 | 🌐Web| 💬Instagram| 🗳Facebook| 💬Telegram|

345 views

Editum Apr 16

📍Payariq tumani hokimligi katta majlislar zalida Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari N.Rahmonov hamda tuman hokimi Sh.Xudayberdiyev ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. ➡️ Bunda hududlarda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari doirasidagi ishlar, ayrim yo‘nalishlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Jumladan, ijro intizomi, mablag‘lardan samarali foydalanish hamda belgilangan muddatlarda loyihalarni yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✅ Shuningdek, mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi. 🌐 Rasmiy sahifalarimizga aʻzo boʻling 👇 | 🌐Web| 💬Instagram| 🗳Facebook| 💬Telegram|

296 views

Editum Apr 16

📹#Onlayn 💐Tadbir davomida sohada uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, uning rivojiga munosib hissa qo‘shgan kommunal soha xodimlari taqdirlandi. Xususan, bir guruh fidoyi va tajribali mutaxassislarga “Uy-joy xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, mamlakatimizda ko‘p qavatli uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish, hududlar obodonligini ta’minlash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh namunali boshqaruv organlari ham rag‘batlantirildi. Ularga xizmat samaradorligini yanada oshirish, tezkorlik va sifatni ta’minlash maqsadida zamonaviy texnik vositalar — skuterlar topshirildi. ✨Mazkur rag‘batlantirishlar sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnatini munosib e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida yanada yuqori natijalarga erishishga undashga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 | 🌍Web| 📸Instagram| 💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

246 views

Hashtags

Editum Apr 16

📹#Onlayn 💐Avval xabar qilganimizdek, bugun 18-aprel — “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan poytaxtimizda bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir avvalida Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov so‘zga chiqib, Prezidentimizning soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. “Avvalo, siz azizlarni 18-aprel – O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. O‘z xizmat joyida kechani – kecha, kunduzni – kunduz demasdan, fidokorona mehnat qilib kelayotgan soha vakillariga chuqur hurmatimizni bildiramiz”, deyiladi davlatimiz rahbari tabrigida. Shuningdek, tabrikda so‘nggi yillarda kommunal tizimda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, ko‘p qavatli uy-joy fondini modernizatsiya qilish, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar alohida qayd etildi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 | 🌍Web| 📸Instagram| 💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

209 views

Hashtags

Editum Apr 16

📹#Onlayn 💐Birozdan so‘ng poytaxtimiz Toshkent shahrida 18-aprel — “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida soha xodimlari mehnati e’tirof etilib, ilg‘or va fidoyi mutaxassislar taqdirlanadi. Jarayondan fotoreportaj Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 | 🌍Web| 📸Instagram| 💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

252 views

Hashtags

Editum Apr 16

🎉 18-aprel — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni 🏢 Yangi boshqaruv — yangi qulayliklar: Samarqandda zamonaviy boshqaruv servis kompaniyasi ish boshladi ➡️ Keyingi yillarda mamlakatimizda ko‘p qavatli uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, boshqaruv servis kompaniyalari orqali aholiga zamonaviy va sifatli xizmatlar ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. 📍 Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning amaliy ifodasi sifatida Samarqand viloyatining Samarqand tumani Quyi Turkman mahallasida yaqinda qurilgan va foydalanishga topshirilgan 16 ta ko‘p qavatli uydan iborat yangi turar-joy massiviga xizmat ko‘rsatish maqsadida “Eco City Kommunal Servis” boshqaruv servis kompaniyasi tashkil etildi. 🔴 E’tiborlisi shundaki, kompaniya tomonidan aholiga nafaqat an’anaviy xizmatlar, balki qo‘shimcha qulayliklar ham yaratilmoqda. Xususan, majburiy badal to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan mulkdorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish tizimi joriy etilgan. Jumladan, ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismida zamonaviy kutubxona, bepul Wi-Fi zonasi, ayollar va erkaklar uchun alohida fitnes zallari tashkil etilib, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishiga xizmat qilmoqda. 🚛 Shu bilan birga, hududdagi ko‘p qavatli uylardan jamoat transporti bekatigacha bo‘lgan masofa inobatga olinib, maxsus elektr golf avtomobillari orqali aholini bepul olib borish xizmati ham yo‘lga qo‘yildi. Bu esa, ayniqsa, yoshi ulug‘ fuqarolar, ayollar va bolali oilalar uchun sezilarli darajada qulaylik yaratmoqda. ✅Mazkur yondashuvlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarining joriy etilayotganidan dalolat berib, mulkdorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, ularning ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Rasmiy sahifalarimizga aʻzo boʻling 👇 | 🌐Web| 💬Instagram| 🗳Facebook| 💬Telegram|

569 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
PriorPag. 1 de 84Posterior