TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Sarbon_books avatar

TGINSIGHT CHAT

Sarbon_books

@sarbon_books

Libri

📚 Keng tanlov va sifatli kitoblar 💰 Hamyonbob narxlar 🚘 O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish xizmati mavjud ☎️+998(33)505-31-81 📍Alisher Navoiy,30 https://www.instagram.com/booklish_uz?igsh=MXFyNDF3bno5MWxzeA==

Subscriptores402Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita299Scripta numerata
Attingentia recens5,223Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 1 de 25 · 299 scripta

Editum Apr 30

📎 Sizningcha, jinoyat sodir etilishining asl sababi nimada? Vaziyat taqozosimi yoki jinoyatga bo’lgan ishtiyoq? 📖 Dostoevskiy bu savolni oddiy qo‘ymaydi. U insonni o‘z vijdoni bilan yolg‘iz qoldiradi. 📚 “Jinoyat va jazo” Kitob narxi 39 000. 🤩 Buyurtma berish uchun @sarbonbooks_admin ga yozing

187 views

Editum Apr 29

Баъзи китоблар жуда тез оммалашади: қаёққа қараманг, у ҳақдаги рекламалар, постлар ва ҳатто тавсияларга дуч келасиз. Сотиб оласиз, афсуски, мутолаангиз ниҳоясига етмайди... Рекламанинг кучидан ҳайратга тушасиз, холос. Аммо яна бир тоифа китоблар борки, нафақат асарнинг ўзи, балки муаллифнинг даражаси ҳам асарларнинг асрлар оша яшашига сабаб бўлади. Шундай асарлардан бири – адибнинг «Буюк бешлик» дея номланган маънавий меросининг биринчиси «Жиноят ва жазо», мана, 140 йилдирки, китобхонлар ардоғида. Барча нашриётларнинг ўз классик асарлари бўлиши керак, деган мақсадда ушбу китобни қайта чоп этдик. Бизнинг «Жиноят ва жазо» бошқа нашрларда учрамаган сифат ва безакка эга. Айниқса, ўзбек китобхони учун Иброҳим Ғафуровдек буюк таржимоннинг меҳнати жуда қадрли. Биз шу меҳнатга эҳтиёткорлик билан таяндик. Яқинда шу китоб атрофида китоб клубини эълон қиламиз ва уни бирга муҳокама қиламиз. П.с. Китоб клуби ҳақида маълумотни тез орада эълон қиламиз, шу ерда қолинг.

210 views

Editum Apr 21

“Ҳамма яхши нарсалар – болаларга!” 21 апрель куни Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонасида болалар адабиётига бағишланган муҳим тақдимот бўлиб ўтди. “Китоб сайёраси” нашриёти ёрдамида чоп этилган “Буюклар мероси” ва “Жадидлар ҳаётидан” туркумлари — бу шунчаки китоблар эмас. Бу — болаларни ўтмишнинг буюк шахслари билан “учраштириб”, улар орқали фикрлаш, қарор қабул қилиш ва ҳаётни англашни ўргатадиган интеллектуал маҳсулот. Тадбир давомида соҳа мутахассислари ва таниқли ижодкорлар бир фикрни қайта-қайта таъкидладилар: келажакни шакллантириш — бу болаларни қандай китоблар билан тарбиялаётганимизга бевосита боғлиқ. Бу лойиҳа — бозордаги бўшлиққа аниқ жавоб: қисқа, таъсирчан ва мазмунли ҳикоялар орқали болани китобга олиб кириш. Натижа: — қизиқиш уйғотади — фикрлашни ривожлантиради — шахс сифатида шаклланишга таъсир қилади Бу контент — фақат болалар учун эмас. Бу инвестиция — келажакка. #kitob#bolalaradabiyoti#kitobxonlik#uzbekistan#readingculture

267 views

Editum Apr 17

Buyuklar merosi — yangi avlod uchun🤩 To‘lqin Hayit muallifligidagi “Buyuklar merosi” turkumida nashr etilgan kitoblar taqdimotiga taklif qilamiz. Bu loyiha orqali bolalar buyuk ajdodlarimiz hayoti, qadriyatlari va merosi bilan sodda va qiziqarli shaklda tanishadi. 📚 Taqdimot davomida: — loyiha g‘oyasi bilan tanishasiz — kitoblar mazmuni haqida bilib olasiz — muallif bilan jonli muloqot imkoniyati bo‘ladi 📅 21-aprel 2026 ⏰ 11:00 📍 Alisher Navoiy kutubxonasi

276 views

Editum Apr 14

Navbatdagi taqdimotimiz bugunning zabardast shoiri, tirik tashbeh egasi Faxriddin Hayitning yangi kitobiga bag’ishlandi. 🤩 Ustozlar e’tirof etganidek, Faxriddin Hayit – XX asr alloma shoirlarining chin ma’noda davomchisi. 📚 Charchaganda, sog’inganda, xafa bo’lganda, zerikkanda She’r o’qing, zero she’r – ko’ngilda tug’ilib, ko’ngilga singuvchi malhamdir. 💌

359 views

Editum Mar 20

Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin! Bu kun — mehr, e’tibor va yaqinlar bilan bo‘lishiladigan eng samimiy lahzalar bayrami. Har bir uyingizga fayz, qalbingizga xotirjamlik va quvonch tilaymiz. Yaqinlaringizni quvontirish uchun eng chiroyli sovg‘a — e’tibor va mazmun. Kitob esa aynan shu tuyg‘ularni o‘zida jamlaydi. Bayramingiz muborak bo‘lsin 🤍 Sarbon bookstore

391 views

Editum Mar 5

Иногда лучший подарок — это история. История, которую можно открыть.🎀 К 8 марта Sarbon Books и mūdestbox создали особенный подарочный бокс — сочетание книги, изящных деталей и эстетики. 🌟 Каждый бокс можно персонализировать: выбрать книгу, подобрать цвет платка и дополнить его небольшими приятными элементами. Внутри: • книга • платок • текстмаркер • цветок • открытка Подарок, в котором есть настроение чтения. Для заказа напишите @sarbonbooks_admin📥

771 views

Editum Feb 12

#КнижныйБлиц — наша новая рубрика. Задаём одни и те же книжные вопросы разным людям: из книжной индустрии и не только. 3 вопроса. Про любимые книги, детское чтение и книгу, которую хочется подарить. Героиня первого выпуска — Мадина Муминова — автор детских книг, сценарист и режиссёр, а также основатель и идейный вдохновитель первого детского эко-движения Время героев в Узбекистане. Кого вы хотите видеть в следующих выпусках?

522 views

Editum Feb 12

“Qonini sotgan odam” — bu oddiy hikoya emas. Bu asar inson qadr-qimmati qachon va qanday sharoitda savol ostiga tushishini ko‘rsatadi. Majburiy tanlovlar, bosim ostida qabul qilingan qarorlar va baland aytilmagan, ammo ichkarida qichqirayotgan fikrlar haqida. Hikoya jarayonida qahramon emas, vaziyat markazga chiqadi. Aynan shuning uchun u ishonarli va bezovta qiluvchi. Chunki bu voqealar kim bilandir emas, istalgan odam bilan sodir bo‘lishi mumkinligini his qilasiz. O‘qib bo‘lgach, asar savol qoldiradi: bu og‘riqmi, achchiq haqiqatmi yoki insonning qanchalik chegaraga borishi mumkinligi haqidagi kuzatuvmi? • Muqova: yumshoq • Sahifalar soni: 342 bet • Narxi: 73 000 so‘m 📍Manzil: Alisher Navoiy ko’chasi, 30 📥 Buyurtma berish uchun: @sarbonbooks_admin

454 views

Editum Jan 23

Agar kutubxonangizni haqiqiy adabiy boylik bilan to‘ldirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu to‘plam aynan siz uchun. 📩 Buyurtma va yetkazib berish bo‘yicha ma’lumot olish uchun @sarbonbooks_admin ga bog‘laning.

585 views

Editum Jan 18

Имеются в наличии в двух форматах 🤩 Для заказа пишите в Директ📥 Адрес: Ул. Алишера Наваи, 30 (Yndx: Sarbon Books )

633 views

Editum Jan 17

“Yaralangan qush hamon uchmoqda” “Iye, bu “Osmondagi bolalar” filmidagi Mustafoqul Boltaboyevning asarimi? Yoki Hamdam yozgan senariymi?” Biroz shoshmay turing. Keling, hammasi haqida Sizga bir boshdan gapirib beraman. *** Ba’zi kitoblar bor — o‘qib bo‘lgach, yopib qo‘yish imkonsiz. Ular o‘quvchining qalbida bir umr yashab qoladi, yillar o‘tsa-da, yurakni tirnab turaveradi. “Yaralangan qush hamon uchmoqda” ana shunday asarlardan. Bu romanni shunchaki pista chaqib yoki qurut shimib o‘qiy olmaysiz. U, chin ma’noda, chap ko‘ksingizda YURAK degan narsa borligini eslatib qo‘yadi! Ha, zamonaviy turk adabiyotidagi eng ta’sirli, qayta-qayta nashr etilib, o‘quvchilar tomonidan sevib mutolaa qilinayotgan romanlardan biri, shubhasiz, Sinan Akyuzning “Yaralangan qush hamon uchmoqda” asaridir. Roman nafaqat bir sevgi hikoyasini, balki urush, zo‘ravonlik, ayol taqdiri va inson ruhining chilparchin bo‘lish jarayonini o‘ta ta’sirchan va ayovsiz tarzda ochib beradi. Asar nomi: ramz va ma’no Romanning original nomi — “İncir Kuşları”. Anjir qushi — yolg‘izlikni sevuvchi, juda nozik qush. O‘zbekcha nashr uchun muallif roziligi bilan tanlangan “Yaralangan qush hamon uchmoqda” nomi esa asar ruhini obrazli tarzda ifodalaydi. Bu nom romanning ichki falsafasi bilan bog‘liq: Yaralangan qush hamon uchyapti, avvalgidek baland bo‘lmasa ham uchyapti — chunki qulab tushishga uning haqqi yo‘q! Asar nomi romandagi ayol qahramon taqdiri bilan bevosita uyg‘unlashib ketadi. Akyuz ayni shu nuqtaga diqqatimizni qaratadi: jamiyat ayolning tirik qolishini chinakam iroda deb baholaydi, ammo uning yaralarini ko‘rmaydi, og‘riqlarini sezmaydi. Syujet va asosiy mavzu Roman voqealari Bosniya urushi fonida kechadi. Ammo asarni faqat “urush romani” deb atashning o‘zi kamlik qiladi. Zotan, uning markazida har qanday zamon va makonga oid insoniy fojia turadi. Asar ayol qalbining urush paytidagi eng zaif, eng himoyasiz holatini tasvirlaydi. Zo‘ravonlik, majburlash, yo‘qotish va sukut — bular roman syujetining ichki tayanch nuqtalaridir. Bunda urush shunchaki tarixiy voqea emas. U — inson ruhini sindiruvchi mexanizm, taqdirlarni mahv etuvchi soqov qirg‘in va umr bo‘yi bitmas jarohatdir. Qahramonlar va ruhiy tahlil Muallif urushni front chizig‘ida turib emas, balki inson tanasi va qalbining ichida turib tasvirlaydi. Hech bir qahramonini ideallashtirmaydi: ular ojiz, qo‘rqoq, ba’zan sukut bilan jinoyatga sherik, ba’zida esa chidash orqali tirik qolgan odamlar. Muallif aynan shu jihati bilan o‘quvchiga yaqinlashadi. Chunki bu obrazlar — hayotda uchraydigan, balki yonimizda yashayotgan insonlardir. Sinan Akyuz, ayniqsa, ayol ruhiyatini nihoyatda nozik chizgilar bilan tasvirlaydi. Zo‘ravonlikdan keyingi uyat hissi, o‘zini ayblash, sukut va uzlatga chekinish, muhabbatdan qo‘rqish kabi holatlar psixologik jihatdan juda ishonarli tarzda ifodalab beriladi. Til va uslub Sinan Akyuzning tili sodda, o‘qilishi yengil, ammo mazmunan nihoyatda og‘ir. U uzun falsafiy jumlalar tuzmaydi, adabiy oliftalikka berilmaydi. Aksincha, qisqa, aniq va to‘g‘ridan to‘g‘ri iboralar bilan o‘quvchini zarba ostida qoldiradi. Shu sababli roman tez o‘qiladi, ammo tez unutilmaydi. Eng kuchli jihati — muallif o‘quvchini majburlamaydi. Yig‘la, demaydi, ammo eng bag‘ritosh, eng diydasi qattiq o‘quvchining ham ko‘zidan yosh tirqirab chiqib ketadi. Asarni o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan tarjimon Ilhom Salimov bu haqda shunday deydi: “Tarjima jarayonida bir necha bor boʻgʻzimga yigʻi tiqilgan, bardoshim yetmay kitobni yopib qoʻygan tarjimam bu!” Xulosa o‘rnida Bu roman sizga yaxshi kayfiyatni va’da qilmaydi. Chunki u ruhni uyg‘otish, qalbni bezovta qilish uchun yozilgan. Anglaysizki, urush faqat o‘ldirmaydi — ba’zan tirik qoldirib ham jazolaydi. Bu asarni o‘qib bo‘lgach, ehtimol, dunyoga o‘zgacha nigoh bilan boqmasligingiz mumkin. Lekin insonlarni boshqacha his qila boshlaysiz. Eng muhimi, yaralangan qushni qachondir ko‘rib qolsangiz, endi uning uchayotganiga emas, balki nimaning evaziga parvoz qilayotganiga e’tibor qaratasiz. ©️Otabek Tillayev, muharrir

568 views
123•••10•••20•••2425
PriorPag. 1 de 25Posterior