Postinhalt
4️⃣4️⃣4️⃣ Akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari diqqatiga! IBRO-2025 olimpiadasiga start berildi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi,Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi hamkorligida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO-2025) tashkil etilmoqda. Olimpiada testbor.uz ta’lim platformasida 3 bosqichda bo‘lib o‘tib, birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan jami 18 nafar oʻquvchi uchun AKITA va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga100 foiz grant ajratiladi. Birinchi bosqich (tuman) — onlayn tarzda 1–7-aprel kunlari tashkil etiladi. Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish, qatnashish va natijalarni aniqlash testbor.uz taʼlim platformasi orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida 13–20-may kunlarida onlayn tarzda oʻtkaziladi. Yakuniy tanlovda ishtirok etish uchun ikkinchi bosqichda har bir hudud kesimida 1–5-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar saralab olinadi. Uchinchi bosqich – Final bosqichi – 2–9-sinf oʻquvchilari uchun onlayn shaklda oʻtkaziladi. 10-11-sinf oʻquvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida oʻtkaziladi. Eng faol ishtirok etib yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga esa “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin - BYD Chazor avtomobili topshiriladi. Har bir fan kesimida yuqori 10 talik oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ustozlari ham taqdirlanadi. Olimpiadada ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: 👉https://testbor.uz/uz Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram