Postinhalt
# tadbir_texnikum 📌Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938-yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillar mobaynida “Bolalar nashriyoti” muharriri, “Oʻzbekiston davlat nashriyoti” bo‘lim mudiri, 1953-yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953-yildan 1980-yilga qadar, salkam o‘ttiz yil davomida ushbu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Toshkent turizm va mehmohxona menejmenti texnikumida “Bahor keldi seni soʼroqlab” shiori ostida Sh.A.Doniyorova davra suxbat tashkil etdi. Unda texnikum o 'quvchilari shoira Zulfiya ijodidan namunalar keltirishdi. Jumladan, tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan Zalfiyaxonim hayoti bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari o 'rin oldi.