Postinhalt
# yosh kitobxon #sayohat šš¢OŹ»zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14- dekabrdagi ā2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoŹ»llab quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toŹ»gŹ»risidaāgi 781-son qarorining 3-band, toŹ»rtinchi xatboshida ā2024-2025-yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini oŹ»sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilashā maālum qilingan. Shu munosabat bilan, Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi oāquvchilari joriy yilning 18-mart kuni Milliy kutubxonaga tashrif buyuridilar. Alisher Navoiy nomidagi OŹ»zbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi ā OŹ»zbekistondagi eng yirik kutubxona; maānaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi.