TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #2618

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten149Zuel vun Usiichten
Publizéiert9. Abr.09.04.2025 04:10
Inhalt

Postinhalt

Bugun O‘rta Osiyoning turkiy hukmdori, sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar imperiyasining asoschisi Buyuk Amir Temur tavalludining 689-yilligi nishonlanmoqda 🔸Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan. 🔸Amir Temur tarix sahifalarida Aleksandr Makedonskiy, Dariy Perviy, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorda turadi. 🔸Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. 🔸XIII asr boshi XIV asr oxirlariga kelib Movaraunnahrning iqtisodiy ahvoli kundan-kunga yomonlashib boradi. 🔸1370 yil Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Turonning bosh amiri etib e’lon qilinadi. Chingizning qizi Saroy Mulk Xonim bilan nikohi esa Amir Temurga “gurgan”, ya’ni “xonning kuyovi” faxriy unvonini berdi. 🔸Amir Temurning asosiy vazifasi parchalangan davlatga bardosh berish va alohida yerlarni bir davlatga birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Mazkur davlatning poytaxti etib u Samarqandni tayinlab, tezkorlik ila shaharning himoya devorlarini, qo‘rg‘onlar va saroylarni barpo etishni boshlaydi. 🔸Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo orasidagi yerlarni, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini o‘ziga bo‘ysundirib, birlashtiradi, so‘ngra bosqinchilik yurishlarini boshlaydi. 🔸Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 - 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda o‘tkazgan. 🔸Amir Temurning hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuziklari” nomli maxsus asar yozilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, O‘rta asrning bebaho tarixiy manbasi hisoblanadi. Unda Temurning hayotiy voqealari bilan bog‘liq tarjimai xoli, atoqli davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga bo‘lgan nuqtai nazari, davlat tuzilishi va boshqaruvi kabilar bayon qilingan. 🔸Amir Temur tomonidan yaratilgan markazlashgan, kuchli boshqaruvga ega davlat ushbu bebaho qoidalar majmuasi hisoblanmish kitob asosida yaratilgan. 🔸Yirik davlatni yaratib, Amir Temur mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji uchun sharoitlarni tayyorlagan. O‘tgan davrlarning qadimiy an’analari yangi tarixiy ko‘rinishda qayta tiklanadi. 🔸Yaqin va O‘rta sharq bo‘ylab Movaraunnahr savdo-sotiq, iqtisod va madaniyat markaziga aylanishi zamirida, Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent, Marv va boshqa qadimiy shaharlar obodonlasha boshlagan. 🔸Masjid, madrasa, maqbara, karvon-saroy va hammomlarning katta binolari qad rostlay boshlagan. Har qanday g‘alaba me’morchilikda abadiylashishi odatiy holatga aylanib qolgan. Quruvchilik faoliyatida Amir Temur ma’lum bir siyosiy maqsadlarga amal qilgan - u qurdirgan inshootlar saltanatining kuch-qudratini ko‘rsatib bera olishi kerak bo‘lgan. 🔸Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi, Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik Ovrupa qirolliklari bilan savdo-diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Afsuski, Amir Temurning vafotidan so‘ng G‘arbiy Ovrupa bilan savdo-diplomatik aloqalar nihoyasiga yetadi. 🔸Amir Temur 1405 yil Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida vafot etgan.