Postinhalt
Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2021 yildan buyon amalga oshirilayotgan Shveytsariya tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonda kasbiy ta’lim sohasidagi islohotlarni qo‘llab quvvatlash (VET4UZ) -I-bosqich” loyihasini tashqi baholashni amalga oshirishni ko‘zlagan va guruhi tayinlangan. 2025 yil 4 aprel sanasida Baholash guruhi vakillari janob Michael Morlok, Ha-My Nguyen xonim, kuzatuvchi Manuela Sells-Rohrbach xonim Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga tashrif buyurdilar. Ushbu baholashning maqsadi loyihaning birinchi bosqichinig (2021-2025) samaradorligi, dolzarbligi, barqarorligi va ta’sirini baholashdan iborat. Baxolash loyixaning yutuqlari, qiyinchiliklari va olingan saboqlari haqida amaliy tushunchalarini taqdim etishga qaratilgan bo‘lib, bu kelajakdagi dasturlash va qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Texnikum rahbariyati va o'qituvchilari ishchi guruh bilan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan jarayonlar xaqida suhbatlashdilar.