TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #2623

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten247Zuel vun Usiichten
Publizéiert9. Abr.09.04.2025 07:42
Inhalt

Postinhalt

# Xalqaro hamkorlik 2025 08 aprel sanasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumiga Helvetas Swiss Intercooperation” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan VET4UZ loyihasining 2025-yilga moʻljallangan yillik rejasiga muvofiq, kasb-hunar taʼlimi sohasidagi jahonning yetakchi eksperti, Shveytsariya Federal Texnologiyalar instituti (ETH Zurich) taʼlim tizimlari kafedrasi professori, Ursula Renold hamda loyiha a’zolari tashrif buyurdilar. Professor, doktor Ursula Renold – kasbiy ta’lim va ta’lim (VET) sohasida tajribali ekspert, Kasbiy ta’lim va texnologiyalar bo‘yicha Federal idoraning sobiq kotibi. Katta maslahatchi sifatida u 50 ta davlatda kasb-hunar ta’limi islohotlariga hissa qo‘shgan. Tashrif chogida professor, doktor Ursula Renold loyiha doirasida texnikumda amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan tanishdilar hamda texnikumda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” va “Navro‘z bayrami”da ishtirok etdilar.