Postinhalt
2025 yil 08 aprel sanasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Salixov Djamshid Gulyamovich hamda texnikum direktori memorandum imzoladilar. Memorandumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi “Kasbiy ta‘limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta‘lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-158-sonli farmoni 11-ilovasi, 12.1-bandiga asosan, texnikumda tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklarga mos bo’lgan ish beruvchi tashkilotlarni biriktirish, dual ta’limni tashkil qilish, ta'lim jarayonini yanada sifatli va samaradorligini oshirish, shuningdek, amaliyot o‘tkazish uchun Savdo-sanoat palatasi a'zolari bo‘lgan korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatish orqali, talabalarni amaliyotda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsad qilingan.