TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #2649

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten244Zuel vun Usiichten
Publizéiert9. Abr.09.04.2025 10:58
Inhalt

Postinhalt

2025 yil 08 aprel sanasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” va “Navro‘z bayrami” tadbirlari o‘tkazildi. “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida Yashnobod tumanida joylashgan 400 nafarga yaqin 9- va 11-sinf bitiruvchilari tashrif buyurishib, 2025-2026 o‘quv yili uchun texnikumda tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar bilan tanishdilar. Texnikum o‘quvchilari tomonidan O‘zbekiston xudularining turizm salohiyati, madaniyati va urf-odatlari namoyish qilindi, "Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish" yo'nalishi 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Osh tayyorlash musobaqasi” o‘tkazilib, o‘z maxoratlarini namoyish qildilar. “Osh tayyorlash musobaqasi”da ishtirok etigan barcha o'quvchilar Yashnobod tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Asqar Qiyomjonovich tomonidan sovg'alar bilan taqdirlandilar. Ochiq eshiklar kuni” tadbirida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o'qituvchi va o'quvchilari, Germaniyadagi Gyote-Institutining direktor o'rinbosari Walter Sabiel, Sveytsariyaning “Helvetas Swiss Intercooperation” kompaniyasi VET4 UZ loyiha a'zolari Simona Starsburger, Sabina Gebauer, Shuxrat Amanov, Sardor Saidrasulov, Shveytsariya Federal Texnologiyalar instituti (ETHL Zurich) Taʼlim tizimlari kafedrasi professori Ursula Renold tashrif buyurdilar. Tadbirda texnikumning hamkor "MERCURE TASHKENT HOTEL", “NAVRUZ HOTEL TASHKENT”, “CROWNE PLAZA TASHKENT”, “HOTEL INSPIRA-S TASHKENT”, "STAY INN HOTEL", "THE ELEMENTS HOTEL", "EUROPE HOTEL", "HOTEL INTERNATIONAL", "HUSMA HOTEL", “INTERCONTINENTAL TASHKENT” kabi ish beruvchi korxonalari ham ishtirok etib, ular tomonidan maktab bitiruvchi o‘quvchilariga texnikumda o‘qish jarayonlarida hamda o‘qishni yakunlab diplomga ega bo‘lganlarida shu korxonalarda amaliyot o‘tashlari va ishga joylashish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari xaqida ma’lumotlar berildi.