Postinhalt
2025 yil 08 aprel sanasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi. “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida Yashnobod tumanida joylashgan 400 nafarga yaqin 9- va 11-sinf bitiruvchilari tashrif buyurishib, 2025-2026 o‘quv yili uchun texnikumda tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar bilan tanishdilar. Tadbirda texnikumning hamkor "MERCURE TASHKENT HOTEL", “NAVRUZ HOTEL TASHKENT”, “CROWNE PLAZA TASHKENT”, “HOTEL INSPIRA-S TASHKENT”, "STAY INN HOTEL", "THE ELEMENTS HOTEL", "EUROPE HOTEL", "HOTEL INTERNATIONAL", "HUSMA HOTEL", “INTERCONTINENTAL TASHKENT” kabi ish beruvchi korxonalari ham ishtirok etib, ular tomonidan maktab bitiruvchi o‘quvchilariga texnikumda o‘qish jarayonlarida hamda o‘qishni yakunlab diplomga ega bo‘lganlarida shu korxonalarda amaliyot o‘tashlari va ishga joylashish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari xaqida ma’lumotlar berildi.