Postinhalt
📣Kasbiy ta’lim bo‘yicha xalqaro konferensiya: sifat, hamkorlik va barqaror kelajak sari yo‘l 2025-yil 10-aprel kuni Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida “Kelajak uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish: kasbiy ta’limda samaradorlikka erishish strategiyalari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. 🔹 Shveytsariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilayotgan va O‘zbekistondagi HELVETAS Swiss Intercooperation filiali tomonidan amalga oshirilayotgan VET4UZ loyihasi doirasida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu ilk konferensiya kasbiy ta’lim tizimidagi islohotlarni muhokama qilish uchun muhim platformaga aylandi. Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Daliyev Shohrux, “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyihalar ofisi direktori Xudoyqulov Adham, Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Niyazov Sardor, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy, Syurixdagi Shveytsariya Federal Texnologiya Institutining (ETH) ta’lim tizimlari kafedrasi mudiri professor Ursula Renold va VET4UZ loyihasi rahbari Simona Shtrasburger ochib berdi. 👥 Konferensiyada davlat idoralari, xususiy sektor, kollejlar va texnikumlar, yoshlar tashkilotlari hamda xalqaro hamkorlardan iborat 180 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. 📌 Muhokama markazida quyidagi mavzular bo‘ldi: • kasbiy ta’limdagi strategik islohotlar • dual ta’lim va davlat-xususiy sheriklik • ta’lim sifati va pedagog kadrlarni tayyorlash • xalqaro tajriba va uning O‘zbekistonga moslashtirilishi. 💡 Konferensiya ishtirokchilarni barqaror rivojlanish, yoshlar uchun imkoniyatlar va mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi kasbiy ta’limning kelajagi yo‘lida hamkorlikka ilhomlantirdi.