Postinhalt
📣 VET4UZ doirasidagi 3 kunlik PR-trening yakunlandi! 2025-yil 16–18-aprel kunlari Toshkentda “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash loyihasi (VET4UZ)” doirasida pilot kasbiy ta’lim muassasalari vakillari uchun PR va ijtimoiy tarmoqlarda ishlash bo‘yicha amaliy trening bo‘lib o‘tdi. 📍 Tadbir Crowne Plaza Tashkent mehmonxonasida o‘tkazildi va quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi: 🔹 ta’lim muassasalari uchun PR asoslari 🔹 samarali kontent-reja tuzish 🔹 OAV bilan ishlash va infopovodlar yaratish 🔹 blogerlar bilan tadbirlar tashkil etish 🔹 ijtimoiy tarmoqlarda reklama va TOV (kommunikatsion ohang) ustida ishlash. 🎓 Treningni Madina Ruzmatova — xalqaro tashkilotlar va mashhur brendlar bilan ishlash tajribasiga ega PR va kommunikatsiya bo‘yicha ekspert olib bordi. Ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi, balki o‘zlarining PR-strategiyalarini ishlab chiqishdi, ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratishdi hamda kelajakdagi tadbirlar g‘oyalarini ishlab chiqishdi. #VET4UZ#KasbiyTalim#PR#Kommunikatsiya#DualEducation#TVET