TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #2799

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten174Zuel vun Usiichten
Publizéiert25. Abr.25.04.2025 10:56
Inhalt

Postinhalt

#xalqaro_forum Polshaning poytaxti Varshava shahridagi nufuzli Varshava universitetida O‘zbekiston va Polsha oliy ta’lim muassasalari rektorlarining II forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki davlatningoliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasiga mas’ul vazirlik va idoralari, shuningdek, Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i va poytaxtimizdagi universitetlarining rektorlari ishtirok etdilar. Forum davomida oliy ta'lim muassasalari o'rtasida akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, ikki diplomli dasturlar hamda talaba-o‘qituvchilar almashinuvi, stajirovkalar va yozgi maktablar tashkil etish, shuningdek,Polshaning yirik kompaniyalarida o‘zbekistonlik talabalarning pul to‘lanadigan amaliyotga jalb qilish hamda Erasmus+, Horizon Europe kabi xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi. ✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter