TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #2817

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten216Zuel vun Usiichten
Publizéiert28. Abr.28.04.2025 15:06
Inhalt

Postinhalt

🚧Toshkentda gullar festivali sababba’zi ko‘chalarda harakat cheklanadi Toshkentda ekologik tarbiya va “yashil iqtisodiyot” g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida “Gullar festivali” o‘tkaziladi. Festivalning asosiy tadbirlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda bo‘lib o‘tadi. Shu sababli 29-apreldan 3-maygacha quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi: 🔹 Zarafshon ko‘chasining “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi va Matbuotchilar ko‘chasi oralig‘i; 🔹 Istiqlol ko‘chasining A.Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘i; 🔹 Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi. Festivalga tashrif buyuruvchilardan jamoat transportidan foydalanish tavsiya etiladi. 👉@xushnudbek👈