Postinhalt
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish muhim vazifa Joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, o‘quvchilar tarbiyasi, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldoshev, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Ravshan Sultonxoʻjayev, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Durdona Rahimova hamda oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, akademik litsey va kasbiy ta'lim muassasalarining direktorlari ishtirok etdilar. Yig'ilishda mavzusi yuzasidan soʻzga chiqqan rahbarlar tomonidan bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalib, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilishiga shuningdek, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi to'g'risida alohida taʼkidlandi. Taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan har bir o'quvchi-talaba darsdan keyin bo‘sh vaqtida maʼnaviy olamini yuksaltirish, ularda yuksak anʼanalarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish,jinoyatchilikka qarshi barqaror muhit shakllantirish, adolatli taʼlim tamoyillarini joriy qilish masalalari yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. ✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter