Postinhalt
Texnikumga 2025-2026 o'quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlandi: ▶️ Kunduzgi ta’lim shakli uchun, 180 nafar umumiy o'rta maktablarining 9-sinf bitiruvchilari bo'lganlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. ▶️ Kunduzgi ta’lim shakli uchun , 210 nafar kamida umumiy o‘rta ma’lumoti (11-sinf) bo‘lganlar o‘qishga qabul qilinadi. Shundan: ➖ davlat granti asosida — 186 ta; ➖ toʻlov-kontrakt asosida — 24 ta (buxgalteriya mutaxassisligi) ▶️ Texnikum bo‘yicha dual ta’lim shakli uchun 180 nafar kamida umumiy o‘rta ma’lumoti (11-sinf) bo‘lganlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. ▶️ Texnikum bo‘yicha sirtqi ta’lim shakli uchun 60 nafar kamida umumiy o‘rta ma’lumoti (11-sinf) bo‘lganlar to'lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.