Postinhalt
💐Toshkent Gullar bayrami – bu ranglar jilosini, gullar ohangini his qiladiganlar uchun chinakam bayram. Bu go‘zallikning ortida turgan qahramonlarimiz ham talaygina — o'z mehnati singishini istagan talabalar, bezak yasayotgan dizaynerlar, g‘oyani haqiqatga aylantirayotgan dekoratorlar va shahrimizni gullarga burkayotgan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari. Ular ushbu lavhamizda festivalni tashkil etishdagi mehnat jarayonlari, jamoaviy ruh haqida so‘zlab berishdi. Festival mehmonlarining hayrat va quvonchini ko‘rib, ularning ko‘zlarida ham faxr va ilhom chaqnamoqda. Gullar festivali — ularning qo‘li, ilhomga to'la yuragi va mehnati bilan gullab, insonlarga zavq va quvonch ulashishda davom etmoqda. — 💐Фестиваль цветов в Ташкенте — настоящий праздник для тех, кто умеет чувствовать мелодию цветов и сияние красок. За этой красотой стоит немало героев: студенты, вкладывающие душу в своё дело, дизайнеры, создающие неповторимый декор, декораторы, воплощающие идеи в реальность, и сотрудники городских служб благоустройства, превращающие наш город в цветущий сад. В этом сюжете они рассказывают о закулисье фестиваля — о командной работе, усилиях и вдохновении. Глядя на восторг и восхищение в глазах гостей, в их взгляде тоже загораются искры гордости и вдохновения. Фестиваль продолжает цвести благодаря их рукам, сердцам, полным вдохновения, и неустанному труду — даря людям радость и красоту. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot