Postinhalt
#moziyga _sayohat 🔹9 may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan urush va mehnat faxriylariga hamda Vatan ravnaqi, taraqqiyoti va uning himoyasi uchun kurashgan buyuk ajdodlarimizga chuqur ehtirom ko‘rsatish maqsadida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o’quvchilari Mustaqillik maydonidagi motamsaro Ona haykali poyiga va majmuada barpo etilgan Ulug’ Vatan urushida halok bo’lgan o’zbekistonliklarning ro’yxati keltirilgan me’morlik an’analari asosida barpo etilgan ayvongatashrif buyurdilar. 🔹Xalqimizning Vatan himoyasi yo‘lidagi yuksak mardlik va qahramonliklari barcha avlodlar uchun namuna va ibrat maktabi vazifasini bajarib kelmoqda. Xususan, Ikkinchi jahon urushiga o‘zbekistonliklarning 2 millionga yaqini safarbar etilgan. 🔹Biz tinchlik va mustaqillik uchun o‘z jonini ayamagan ota-bobolarimiz va mard o‘g‘lonlarimizning ulkan jasorati, matonati hamda fidoyiliklarini yuragimizda abadiy saqlaymiz.