TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #2905

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten228Zuel vun Usiichten
Publizéiert14. Mee14.05.2025 15:46
Inhalt

Postinhalt

Bolaligimdan mehmonxona sohasi meni qiziqtirgan. Shu ishtiyoq bilan Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida o‘qib, nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarga ega bo‘ldim. ‘Inspiras’ mehmonxonasida o‘tayotgan amaliyotim bu kasbni tanlashimni mustahkamladi. Texnikumni imtiyozli diplom bilan bitirib, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida o‘qishni davom ettirdim. Hozirda esa ‘Inspiras’ mehmonxonasida supervayzer bo‘lib ishlayapman. Har kuni yangi tajriba, jamoa bilan ishlash va mijozlar bilan muloqot – bularning barchasi meni o‘stiryapti. Kelajakda xalqaro tajriba orttirib, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchiman. Mehmonxona sohasi bu – insonlarga quvonch ulashuvchi san’at. Men shu san’atga sodiq qolaman.