TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #2908

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten204Zuel vun Usiichten
Publizéiert16. Mee16.05.2025 08:26
Inhalt

Postinhalt

📚 Shveysariyada kasb-hunar kolleji qanday boshqariladi? Ushbu savolga javob topish maqsadida 13–15 may kunlari Toshkentda VET4UZ loyihasi doirasida«Kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash» mavzusida uch kunlik trening tashkil etildi. 🎓 Treningda Toshkent, Toshkent viloyati, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm, Navoiy, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Ular quyidagi savollarga javob izlashdi: — Shveysariya kasbiy ta’lim tizimi qanday boshqariladi? — Qanday yondashuvlar o‘qitishni samaraliroq va amaliyotga yo‘naltirilgan qiladi? — Talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni o‘qish jarayonidayoq qanday yetishtirish mumkin? 🎓 Treningni Shveysariya Kasbiy Ta’lim Federal Universiteti (SFUVET) xalqaro ekspertlari — Emanuel Vutrix, SFUVET katta maslahatchisi, hamda Ben Hyuter, IDM Thun kasbiy ta’lim markazi sobiq rahbari va Shveysariya kollejlar direktorlari uyushmasi a’zosi olib bordilar. 🧠Trening dasturiga quyidagilar kiritildi: ▪️ Kasbiy ta’lim muassasalarini boshqarish tamoyillari ▪️ Simmetrik pedagogika va zamonaviy yondashuvlar ▪️ O‘qituvchilarni tanlash va rivojlantirish ▪️ O‘qituvchi, o‘quvchi va ish beruvchilarning o‘zaro roli ▪️ Infratuzilmaviy yechimlar va mehnat bozoriga moslashuv ▪️ Eng muhimi — bularni O‘zbekiston sharoitida qanday qo‘llash mumkinligi 🌍 Bu oddiy trening emas, balki harakatga ilhomlantiruvchi tajriba bo‘ldi. VET4UZ loyihasi kasbiy ta’lim sohasida mamlakat kelajagini shakllantirayotganlar bilan eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni bo‘lishishda davom etadi. #VET4UZ#KasbiyTalim#ProfessionalEducation#VETUzbekistan#SFUVET#HelvetasUzbekistan#TalimIslohotlari#ShveysariyaTajriba