Postinhalt
🌟 Kasbiy Ta’limda Yangi Qadamlar! 🌟 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan PF 158 farmonni amalga oshirish maqsadida, barcha kasbiy ta'lim direktorlari va direktor o'rinbosarlariga qiziqarli va samarali amaliy darslar tashkil etish uchun Texnoparkka sayohat uyushtirildi. 📚 Ushbu sayohat davomida ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va kasbga tayyorgarlik jarayonida amaliyotning ahamiyati haqida ko'plab foydali ma'lumotlarga ega bo'lishdi. 🔍 Texnoparkda tashkil etilgan turli seminarlar va ustaxonalar, o'quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish imkoniyatlarini ochib berdi. 💡 Bizning maqsadimiz - kasbiy ta'lim sifatini oshirish va talabalarni zamonaviy ish bozoriga tayyorlashdir. #KasbiyTa'lim #Innovatsiyalar#OliyTa'lim #Texnopark#Toshkent